GulDPI. uz | Rasmiy
4.59K subscribers
12.5K photos
1.41K videos
49 files
4.26K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Ta'lim tizimida korupsiyaga o'rin yo'q

2024-yil 13-may kuni Guliston davlat pedagogika institutining KQK "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi va Ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda Guliston davlat pedagogika instituti qoshidagi Akademik litsey o‘quvchilarining imtixonlarini sifatli va shaffof o‘tkazish maqsadida talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi. 

Ushbu davra suhbatidan maqsad 2023-2024 yil o‘quv yilida talabalar  barcha imtihonlar jarayonlarini adolatli tashkil etilishi va shaffofligini ta’minlanishi, kasbiy odob-axloq tamoyillari, normalari, ta’lim jarayoni va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalari bilan bog‘liq munosabatlarni institutning “Ichki tartib-qoidalari", “Odob-axloq kodeksi”, va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida joriy qilish va tashkil etish tushuntirildi.

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇨🇳
#GulDPIda_xitoylik_xamkorlar

Bugun Guliston davlat pedagogika  institutiga Xitoy Xalq Respublikasidagi Shanxay ta'lim uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxona rahbari Cheng Bin xonim boshchiligidagi delagatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya a'zolari institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, kimyo, fizika hamda biologiya o'quv laboratoriyalarining jihozlanganligi bilan yaqindan tanishtirildi.

Olib borilgan muzokaralar davomida Guliston davlat pedagogika instituti rektori J.Karshibayev hamda Xitoy Xalq Respublikasidagi Shanxay ta'lim uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxona rahbari Cheng Bin xonim o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida kelgusida institutda zamonaviy o'quv va ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish, ularni ilg'or tajribalar asosida hamkorlikda jihozlash, xorijiy stajirovkalarni yo'lga qo'yish kabi masalalar yuzasidan kelishib olindi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Guliston davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasining pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PHD) dotsent Nurumbekova Yarkinoy Anarmatovna ayni paytda Qozon federal universitetining, Filologiya va madaniyatlararo aloqa institutida "Pedagogik sinflar faoliyatini o‘rganish" mavzusiga qaratilgan seminar-treninglarda ishtirok etmoqda.

Seminar-treninglarni universitetning tajribali professor-o'qituvchilari olib bormoqda.

Ayni vaqtda kollej, litsey va maktablarda pedagogik sinflar faoliyati o‘rganilmoqda.

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website