GulDPI. uz | Rasmiy
4.62K subscribers
12.4K photos
1.39K videos
49 files
4.21K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
GulDPI Pedagogika kafedrasi  magistratura mutaxassisligi bitiruvchilarining dastlabki himoyasi bo'lib o'tdi.

Bitiruvchilar magistrlik dissertatsiyasi yakuni hamda tajriba-sinov qismi bo'yicha batafsil ma'lumotlar berishdi.

Dastlabki himoyada institut "Magistratura bo'limi" boshligʻi Z.Mahmudjonov, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar va pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi xodimi D. Samadova, kafedra mudirlaridan S.Qulmamatov hamda fakultet professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Shuningdek, magistratura bitiruvchilariga dissertatsiya himoyasiga tayyorgarlik bosqichi  bo'yicha tegishli ko'rsatmalar va tavsiyalar berildi.

🚀Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Maktab bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv

Guliston davlat pedagogika instituti “Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi professor - o‘qituvchilari tomonidan Yangiyer shahridagi 2 va 7 umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil qilindi.

Uchrashuvda bitiruvchilarni davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlab, ulardan yanada samarali foydalanishga hamda maktabni bitirgandan so‘ng ularga katta hayotga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish, ularning bandligini ta’minlash va oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Uchrashuv davomida institut haqida batafsil ma’lumotlar aytib o‘tildi, bitiruvchi o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

🚀Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Jismonimy tayyorgarlik bo‘yicha sinovlar qiziqarli tarzda davom ettirilmoqda

Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetining pedagogika, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun jismonimy tayyorgarlik bo‘yicha sinovlarni topshirishmoqda.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"INSON AZIZ XOTIRA MUQADDAS"

Guliston davlat pedagogika institutida sportning mini -futbol turi bòyicha "Xotira turniri"ga start berildi.

⚽️ Turnirda 20 ta jamoalar ishtirok etishmoqda. "Xotira turnir"i aralash usulda òtkazilib, dastlab jamoalar guruh bosqichida bellashadilar. Guruhda eng yaxshi natijani olgan 2 ta jamoa keyingi bosqichga yòl oladi. Turnirda qatnashayotgan barcha jamoalarga omad tilab qolamiz.


Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#GulDPI_AL
#Yoshlar Ittifoqi

Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyi boshlang’ich kordinatorlari , yoshlar yetakchisi N.Xaydarov, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari D.Jo’raboyev rahbarligida Mirzaobod tumanidagi Navro’z shaharchasidagi Yoshi ulug’ va nuroniy insonlarning holida xabar olish maqsadida bir necha xonadonga tashrif buyurdi.

Tashrifdan maqsad yoshlarimizda keksalarni e’zozlash va hurmat hissini shakillantirish hamda yoshi ulug’ nuroniylarimizning ko’p yillik hayot tajribalarini yoshlarimizga   yetqazish.

Tashrif davomida o’quvchi yoshlarimiz yoshi ulug’ nuroniylarimizning uy ishlarida amaliy yordam berishdi va ularning etiboriga sazovor bo'lishdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website