GulDPI. uz | Rasmiy
4.62K subscribers
12.4K photos
1.39K videos
49 files
4.21K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
⛳️ Milliy sport o’yinlari

⚡️ Guliston davlat pedagogika institutida bugun, joriy yilning 25-aprel kuni, talaba-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va sog'lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida talaba-yoshlar o‘rtasida “Milliy sport turlari” boyicha musobaqalar o‘tkazildi.

🤼‍♀️ Musobaqalar qizg‘in bellashuvlar va murosasiz bahslar ostida o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
An’anaviy intellektual bellashuv o‘tkazildi.

Guliston davlat pedagogika institutining “Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi o‘quv yili davomida o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlari doirasida bir qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Shu doirada an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasiga  muvofiq “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishining 1 hamda 2-bosqich talabalari o‘rtasida 7 jamoadan iborat bellashuv o‘tkazildi.

✔️ Ushbu bellashuv yo‘nalishga o‘tiladigan mutaxassislik fanlariga doir savollar asosida tashkil etildi. 4 bosqichda o‘tkazilgan bellashuv talabalarning o‘tilgan va o‘tilayotgan fanlarga qiziqishining oshishiga va takrorlash uchun asos bo‘lganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

✔️ Bellashuv ko'tarinki ruhda tashkil etilib, g'olib talabalar esdalik va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi  PQ-5148-son qarori hamda 2024-yil 21-fevraldagi PF–37-son Farmonida belgilangan topshiriqlarni ijrosini taʼminlash maqsadida 2024-yil 22-apreldan 22-maygacha 2 bosqichda oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari oʻtkazilishi belgilangan.

Usbu topshiriqni bajarish maqsadida Guliston davlat pedagogika institutining barcha talabalaridan  jismoniy tayyorgarlik sinovlari qabul qilinmoqda.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website