GulDPI. uz | Rasmiy
4.65K subscribers
12.1K photos
1.36K videos
49 files
4.13K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#G'alaba_muborak

🇺🇿 Osiyo ochiq kubogining uchinchi kuni. Yoshlar o’rtasida g’olib va sovrindorlar bilan tanishing!

-48 kg vazn toifasida ayollar:


🥇Sevinch Murodova (O‘zbekiston)🇺🇿
🥈Ulbusin Hakimova (O‘zbekiston)🇺🇿
🥉Sevinch Isroilova (O‘zbekiston)🇺🇿
🥉Milena Borubolotova (Qirg‘iziston)🇰🇬

O'zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
“Ma’naviyat haftaligi”

⚡️Guliston davlat pedagogika institutida har oyning uchinchi haftasini “Ma’naviyat haftaligi” deb e’lon qilish, haftalik doirasida talabalarni adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga oid tadbirlar, xususan, talaba-yoshlarni taniqli aktyorlar, shoir hamda yozuvchilar bilan uchrashuvlarini tashkil qilish yo‘lga qo‘yilgan.

Xususan, “Ma’naviyat haftaligi” doirasida joriy yilning 15-aprel kuni institut Madaniyat saroyida professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirokida O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi a’zosi, shoir, “Xalq so‘zi” gazetasini Sirdaryo viloyati bo‘yicha muxbiri A.Shernazarov va jurnalist D.Mirsaaliyevalar bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.

🪄Uchrashuvda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
“Tasviriy san’at” to‘garagi faoliyati.

Guliston davlat pedagogika instituti “Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Tasviriy san’at” to‘garagi a’zolariga katta o‘qituvchi N.Jumaboyev tomonidan 15-aprel kuni Sirdaryo viloyati ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati binosida “Tasviriy sanʼatda natyurmort janrining ahamiyati” mavzusida mashg‘ulot o‘tkazildi.

“Tasviriy san’at” to‘garagining asosiy maqsadi - talaba-yoshlarni kasb-hunarga, fanga oid qobiliyatlarini va isteʼdodlarini aniqlash hamda kamol toptirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iboratdir.

To‘garak mashg‘ulotida natyurmort janrini tasvirlash orqali talabalarda akvarel yordamida ranglavhalar bajarish, ufq chizig‘ini belgilash, ranglararo munosabatlarni hamda fazoviy uzoq yaqinliklar va havo perspektivasini ko‘rsatish kabi qobiliyatlari oshirildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Institut va ixtisoslashtirilgan maktab o‘rtasidagi navbatdagi hamkorlik!

Guliston davlat pedagogika instituti jamoasi ixtisoslashtirilgan maktablar bilan oliygoh dasturlari o’rtasida uzviylikni ta’minlash maqsadida Shirin shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabiga bo'lishdi.

Uchrashuv davomida ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘qitiladigan fanlarni institutning tegishli taʼlim yo‘nalishlariga uzviyligini taʼminlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Shuningdek ixtisoslashtirilgan maktabning bitiruvchi o’quvchilari bilan suxbatlar o’tkazildi.

Uchrashuv yakunida institut Shirin shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab bilan oʻzaro kelishuv memorandumi imzolandi.
Milliy liboslar” ko ‘rgazmasi bo'lib o'tdi

Guliston davlat pedagogika institutida joriy yilning 15-20-aprel kunlari  “Milliy qadriyatlar” va “Ma’naviyat haftaligi” haftaliklari deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, haftaliklar doirasida talaba-yoshlar ishtirokida “Milliy liboslar” ko ‘rgazmasi  namoyishini o‘tkazish belgilangan.

Xususan, haftaliklar doirasida joriy yilning 15-aprel kuni institutda   professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirokida “Milliy liboslar” ko‘rgazmasi  namoyishi tashkil qilindi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website