GulDPI. uz | Rasmiy
4.66K subscribers
11.9K photos
1.33K videos
49 files
4.04K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Avtomobilsiz kun” aksiyasi bo'lib o'tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF–37-son Farmoniga asosan bugun (29 mart) respublika bo‘ylab "Avtomobilsiz kun" aksiyasi bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Guliston davlat pedagogika instituti “Avtomobilsiz kun” aksiyasi bo'lib o'tdi.

Bugun tongda Guliston davlat pedagogika instituti rahbariyat xodimlari, professor-o‘qituvchilari, talabalari “Avtomobilsiz kun” aksiyasi doirasida ishga va o‘qishga piyoda, velosipedda hamda jamoat transportida kelishdi.

Loyihani o‘tkazishdan asosiy maqsad – sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlantirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdir.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
“Tasviriy san’at” to‘garagi faoliyati.

🖼Guliston davlat pedagogika instituti “Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi tasviriy san’atning rangtasvir yo‘nalishida “Moybo‘yoqda manzara ishlash usullari” deb nomlangan navbatdagi to‘garak mashg‘uloti o'tkazildi.

🎨Tasviriy san’at to‘garagini o‘tkazishdan maqsad, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazib, ularda  kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirishdir.

To‘garak mashg‘ulotida manzara janrini tasvirlash orqali talabalarda moybo‘yoqlar yordamida eskizlarni bajarish; yilning fasli va kunning holatini ko‘rsatish; ufq chizig‘ini belgilash; ranglararo munosabatlarni fazoviy uzoq-yaqinliklar va havo perspektivasini ko‘rsatish kabi qobiliyatlari oshirildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Sirdaryolik Nodira Xorazmlik hunarmandlar bilan tajriba almashdi.

Nodira qo'g’irchoq to’qish sirlarini mukammal egallagan. Xozirda u Guliston pedagogika institutida talabalik bilan bir qatorda Xovos tumani Barkamol avlod markazida o’quvchi qizlariga o’z hunarini o’rgatib kelmoqda.

Ayni damda Xorazm sayohatida bo’lib turgan Nodira ham o’zi to’qigan qo'g’irchoqlarning ko’rgazmasini Xiva shaxriga tashrif buyurgan mehmonlarga namoyish qildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website