GulDPI. uz | Rasmiy
4.66K subscribers
11.9K photos
1.32K videos
49 files
4.03K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navro'z_sayli
#Sumalak_2024

Guliston davlat pedagogika institutida "HAR KUNIMIZ NAVRO'Z BO'LSIN" shiori ostida bayram sayli ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
🌍Joriy yilning 19-mart sanasida Guliston davlat pedagogika instituti "Ijtimoiy fanlar va san'atshunoslik" kafedrasi professor- o'qituvchilari tomonidan 2024-yil 23-mart kuni respublikamizda “Butunjaxon meteorologiya kuni” munosabati bilan talabalar “Yer sharini asraylik” shiori ostida seminar tashkil etildi.

Seminarda Yer sharini muhofaza qilishga chora-tadbirlar, "Ona sayyora"ga xavf soluvchi ekologik muammolar, ularni yechimiga qaratilgan chora-tadbirlar unda inson omilining o'rni haqida ma'lumot berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
NAVRO'Z – nafosat bayrami

Har yili bahor fasli kirib kelishi bilan yurtimizda Navro'z taomi hisoblanuvchi sumalak pishiriladi. Ushbu taomni tayyorlash nafaqat mahallalarda, balki oliy ta'lim tashkilotlarida ham yaxshi an'anaga aylangan.

Guliston davlat pedagogika institutida bahor faslini munosib kutib olish, Navro'z bayramini nishonlash,ustoz va talabalarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishlash maqsadida katta doshqozonda sumalak tayyorlandi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Assalomu alaykum!

Aziz yurtdoshlar va qadrli hamkasblar!


Sizlarni ezgulik, nafosat, yasharish, yangilanish, mehr-oqibat ayomi boʻlmish “Navroʻz” bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.Fasli navbahor el-u yurtimizga tinchlik va farovonlik, baxt-u saodat olib kelsin!

Ushbu kunda Sizlarni quvonch va shodlik tark etmasin!

Guliston davlat pedagogika instituti rektori
J.Karshibayev

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Navro'zi olam muborak

Navro‘z o‘zining o‘lmas ruhi, umuminsoniy g‘oyalari bilan bashariyat hayotidan tobora chuqur o‘rin egallamoqda. Bayram munosabati bilan Guliston davlat Pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti talabalari tomonidan bayram bilan barchani tabriklaydi.

Bepoyon yurtimizni qamrab olgan xalq sayillarida bugun «Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!» degan ezgu tilaklar yangramoqda.

Sizlarni ezgulik, nafosat, yasharish, yangilanish, mehr-oqibat ayomi boʻlmish “Navroʻz” umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Ichki_turizm

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!”

🕌 Guliston davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun qadimiy hamda hamisha navqiron Samarqand va Jizzah shahri hamda qadimiy Xovos tepaligiga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida  bu kabi tarixiy binolari va boshqa diqqatga sazovor joylari, ko‘p yillik tarixni o‘zida aks ettiruvchi me’moriy obidalari ziyoratchilarda katta taassurot qoldirdi.

Bunday ichki turizimlar davom etmoda...

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website