GulDPI. uz | Rasmiy
4.65K subscribers
11.9K photos
1.32K videos
49 files
4.03K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Joriy yilning 18-mart kuni Guliston davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, mustaqil izlanuvchilari, magistrantlari va talabalariga “English for Science” mavzusida "O‘zbek tili va tillarni o‘qitish" kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan seminar trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.    
Seminarda:                                                                                                                                  
  Ingliz tilida xatolarsiz ilmiy maqola yozish;
  Xorijiy grant loyihalarida ishtirok etish tartiblari;
Xalqaro tanlovlarda qatnashish tartiblariga doir masalalar muhokama qilindi.

Seminar trening mashg‘uloti ishtirokchilari ingliz tilida ilmiy maqolalar yozish va xalqaro grant loyihalarida qatnashish bo‘yicha ma'lumotlarga ega bo‘ldilar

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#DIQQAT_E'LON

⚡️Navro‘z umumxalq bayrami shodiyonalari va xalq sayliga marhamat!

Hurmatli Guliston davlat pedagogika instituti professor o'qituvchi va talabalari!

Joriy yilning 19-mart kuni Institut binosida Navro'z umumxalq bayrami tadbirlari va xalq sayli bo'lib o'tadi.

"HAR KUNIMIZ NAVRO'Z BO'LSIN"shiori ostida bo'lib o'tadigan bayram dasturi soat 11:00 dan boshlanadi.

Bayram tadbirlariga marhamat, aziz ustoz va talabalar!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
🔊#LIVE

Ayni daqiqalarda Guliston davlat pedagogika institutida “HAR KUNIMIZ NAVRO'Z BO'LSIN” nomli bayram tadbiri bo'lib o'tmoqda.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#JARAYONLAR

"HAR KUNIMIZ NAVRO'Z BO'LSIN”shiori ostida o'tkazilayotgan bayram tadbiri qizg'in tarzda davom etmoqda.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
🖋Institut va ixtisoslashtirilgan maktab o‘rtasidagi navbatdagi hamkorlik amalga oshirildi

⚡️Guliston davlat pedagogika instituti davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini yuzasidan, ya’ni maktabning yuqori sinflari bilan oliygoh dasturlari o’rtasida uzviylikni ta’minlash maqsadida Sardoba tumandagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘qitiladigan fanlarni institutning tegishli taʼlim yo‘nalishlariga uzviyligini taʼminlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Shuningdek institut professor-oʻqituvchilari tomonidan mutaxassislik fanlari boʻyicha mahorat darslarini oʻtkazish hamda metodik yordam ko‘rsatish belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida institut Sardoba tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab bilan oʻzaro kelishuv memorandumi imzolandi.

Telegram
| Instagram | YouTube | Facebook | Website