GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.4K photos
1.27K videos
49 files
3.9K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga amalga oshirilgan tashrif talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi

Guliston davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari Oliy Majlis Senatining senatorlari bilan bo‘lgan uchrashuvda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan xalqparvar siyosat “inson – jamiyat – davlat” tamoyilining amaliy tadbig‘i, yangilangan Konstitutsiya asosida qabul qilinayotgan qonunlarning avvalo, inson qadri va manfaatlarini ulug‘lashga hamda xalqimizni rozi qilishga qaratilgan mavzularda suhbatlar olib borishdi.

Shuningdek, talaba-yoshlar Oliy Majlis Senatining kutubxonasi bilan ham tanishtirildi. Kutubxonada mavjud bo‘lgan yetti mingdan ortiq adabiyotlar, jumladan, davlatimiz rahbari asarlari hamda ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va iqtisodiy sohalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar haqida talaba-yoshlarga ma’lumotlar berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Guliston davlat pedagogika instituti rektori J.Karshibayev ta‘lim-tarbiya sohasidagi xizmatlari uchun ko‘krak nishon bilan taqdirlandi

    Guliston  davlat pedagogika instituti rektori J.Karshibayev O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriylar birlashmasi tomonidan yosh avlodni komil inson bo‘lib shakllanishida hamda olib borayotgan ta’lim-tarbiya sohasidagi faol xizmatlari uchun ko‘krak nishon bilan mukofotlandi.                     

   Mukofot O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriylar birlashmasi Sirdaryo viloyati bo'limi raisi o‘rinbosari F. Yusupov hamda Guliston shahar mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Usmonovlar tomonidan topshirildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Guliston davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiyaxonim Isroilova siymosini yod etib “Adiblar Xiyoboniga” tashrif buyurishdi

Zulifiya she’rlarida vatanga muhabbat, yosh avlod tarbiyasi, odamiylik, insonlar o‘rtasidagi mehr oqibat munosabatlari doimo aks etib kelgan.

Shoira tomonidan yaratilgan «Dalada bir kun» (1948), «Tong qo‘shig‘i» (1953) kabi bir qator she’rlar turkumi, «Men tongni kuylayman», «Yuragimga yaqin kishilar» (1958), «Kuylarim sizga» (1965) to‘plamlarida Vatan madhi, mehnat jarayonida fidokorlik ko‘rsatayotgan kishilar hayoti jo‘shib kuylanadi. Uni «So‘roqlaydi shoirni she’rim» (1960), «Oydin» (1953), «Quyoshli qalam» (1967) kabi ocherk va dostonlari H. Hakimzoda, Oybek, Oydin, Hamid Olimjon kabi ustozlarning yorqin xotiralariga bag‘ishlangan.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website