GulDPI. uz | Rasmiy
4.66K subscribers
11.9K photos
1.33K videos
49 files
4.04K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#Diqqat_e’lon

Hurmatli talabalar!

Talabalar turar joyida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, ularda zarur hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun 2024 yil, 6 mart kuni soat 17. 00 da yotoqxona talaba qizlari o‘rtasida “Orasta qizlar” deb nomlangan ko‘rik tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlov shartlari:
1. Tanishtiruv
2. Bilimlar bellashuvi
3. Baxoriy salat
4. Soch turmagi, dazmol qilish
5. Erkin mavzu bo'yicha o'zaro bellashadi.

Barcha talabalarni tanlovga chorlab qolamiz

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Endi til sertifikatlarini qo‘lga kiritganlarning barcha to‘lovlari qoplab beriladi  
  
Ingliz tilida C1 darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritgan yoshlar uchun nafaqat imtihon to‘lovlari, balki 6 oylik o‘quv kursi uchun to‘lovlari ham to‘lab beriladi. Bundan tashqari, xitoy, nemis, fransuz va yapon tillarida B2 sertifikatini qo‘lga kiritgan yoshlarning imtihon xarajatlari ham qoplab berilishi ma’lum qilindi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Amaliy seminar-treninglar davom etmoqda...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF -134-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarda Xalq ta’limini rivojlantirish bo’yicha milliy dasturining 24.2 bandida pedagoglar uchun ”Alohida ta’limga ehtiyojlari bo’lgan bolalar bilan ishlash" mavzusida amaliy seminar-treninglarni muntazam tashkil etish vazifasi belgilangan bo’lib, joriy yilning 27-fevral kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan “Nurli maskan” maktab-internatida nostandart amaliy dars tashkil etildi.

Ushbu amaliy darsda Guliston davlat pedagogika instituti talabalari ishtirok etdi. Amaliy mashg'ulotda turli xil mashg’ulotlar, maktab-internati rahbariyatining ish uslublari, pedagoglarning uslubiy ishlari va ko’rgazmalari bilan tanishildi. O’quvchilarning integrativ bilim savodxonligi talabalarda katta taassurot uyg’otdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Guliston davlat pedagogika instituti talaba-yoshlarini Oliy Majlis Senatiga tashrifi amalga oshirildi

Joriy yilning 28-fevral kuni Guliston davlat pedagogika institutining iqtidorli talaba-yoshlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga tashrif buyurishdi.

Tashrif doirasida talaba-yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati faoliyati, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da yoshlarga oid davlat siyosati dasturlariga bog‘liq parlamentga doir normativ-huquqiy qonun hujjatlari to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishtirildilar.

Tashrif davomida talaba-yoshlarni Oliy Majlis Senati senatorlari bilan ochiq va samimiy muloqoti tashkil etildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👩‍🏫 Navbatdagi ochiq dars mashg'uloti "Maktabgacha ta'lim" yo'nalishida o'tkazildi

Joriy yilning 28-fevral kuni Pedagogika fakulteti "Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi o'qituvchisi To'raqulova Malohat tomonidan ushbu yo'nalishning 1-kurs 14-23-guruh talabalarga "Maktabgacha ta'lim tashkilotida aqliy tarbiyaning tashkil etilishi" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

♻️ Unda talabalarga o'qituvchi tomonidan zamonaviy metodlar asosida yangi bilim va ko'nikmalar berilib, mazkur ochiq dars orqali talabalar o'zining kelgusi ish faoliyatlarida qo'llashi mumkin bo'lgan yangi metodikalarni o'rgandilar.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website