GulDPI. uz | Rasmiy
4.45K subscribers
13.4K photos
1.59K videos
57 files
4.66K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jonli_muloqot

Davlat
boshqaruvi akademiyasi va “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan “Zamonaviy bilim va ko‘nikmaga ega kadrlar: “El-yurt umidi” jamg‘armasining yoshlarga berayotgan imkoniyatlari” mavzusida ovozli muloqot o‘tkaziladi.

Xorijiy universitetlarda o‘qish, Jamg‘arma faoliyati va tanlov jarayonlari, bitiruvchi stipendiatlarning Vatanimizdagi mehnat faoliyati yuzasidan savollaringiz bo‘lsa, barchasiga jonli muloqot davomida javob olishingiz mumkin.

Onlayn muloqot bo‘yicha ma’lumot👇

Vaqti: 12.02.2024-yil, soat 16:00 da.

📍Manzil: https://t.me/dbacademy

Savol yo‘llash: https://t.me/Marujon_Jumayev

Barcha qiziquvchan yoshlar va mutaxassislar taklif etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
🎉1
🖊Buyuk va muqaddas Vatanimiz madhiyasi

Bugun, erta tongdan Guliston davlat pedagogika institutida dars jarayonlari davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi.

Talabalarda vatanparvarlikni yanada rivojlantirish maqsadida umumiy yigʻinda, oʻquv auditoriyalarda talabalar turar joylarida professor-oʻqituvchilar hamda talabalar davlat suverenitetining ramzi boʻlgan madhiyamizni yuksak ehtirom bilan ijro etdilar.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👏6👍1🎉1
"Art" terapiya yo'nalishida psixologik trening bo'lib o'tdi.

Guliston davlat pedagogika instituti Psixologlar D.Islamova, S.Xamidova ishtirokida institut koordinatorlari, faol yoshlar bilan psixologik trening mashg'uloti tashkil etildi.

Trening davomida: "Art" terapiya mashg'uloti va turlari haqida ma'lumot berilib, o'z o'rnida fototerapiya, ertakterapiya kabi turlaridan foydalanildi. Shuningdek, "Qalqon" proyektiv metodikasi o'tildi. Mashg'ulot davomida talabalarning diqqatini faollashtirish uchun qisqa vaqtli treninglar olib borilib, video lavhalar namoyish etildi.

Bunday psixologik trening talabalarda yuqori taassurot uyg'otgan holda yakunlandi.


Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍3👏2🎉1
#GulDPI
#Yoshlar_Ittifoqi
#Koordinatorlar

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat Pedagogika instituti Boshlang'ich tashkilot koordinatorlari tashabbusi bilan joriy yilning 5-10 fevral kunlari institutda " TALABA QIZLAR" haftaligi deb e'lon qilingan edi.

Haftalik doirasida talaba qizlar bilan:
⚽️ Sport,
📚Zakovat,
🏆Interaktiv o'yinlar (enerjayzerlar)
🥮Pazandachilik,
🔥Tozalik va ozodalik kunlari tashkil qilindi.

Hafta davomida o'tkazilgan ushbu loyihalar talaba qizlarning o'z mahoratlarini namoyon qilishlariga ko'makchi bo'ldi. Loyihalarda faol ishtirok etgan talabalar hafta yakunida Boshlang'ich tashkilot tomonidan diplom, tashakkurnoma, turli nominatsiyalar va estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍72🏆2🔥1🎉1
Kibersport bo‘yicha musobaqa g'oliblar aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 5 ta muhim tashabbusining uchinchisi - aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish yuzasidan «Kibersport» yo‘nalishi bo‘yicha turnir tashkil etildi.

Joriy yilning 10-fevral kuni Guliston davlat pedagogika institutida Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi va Institut yoshlar akademiyasi liderlari hamda Aniq va tabbiy fanlar kafedrasi bilan birgalikda kibersportga qiziquvchi yoshlar o'rtasida (talaba qizlar) STAMINA platformasida hamda (o'g'il bollar) PES 2021 musobaqalari o'tkazildi.

Yakunda g'oliblar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍12🔥2🎉1