GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.4K photos
1.27K videos
49 files
3.89K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Talabalar turar joylari mas'ullar e'tiborida

Guliston davlat pedagogika institutining “Pedagogika” fakulteti dekani Shavkat.Norqulov, Yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Nishonboy Boyjigitovlar boshchiligida talabalar turar joyidagi talaba qizlar xonalarining saramjonligi, berilgan jihozlardan to‘g‘ri foydalanishi, oshxonadagi gaz hamda elektr jihozlardan to'g'ri foydalanish yong'in xafini keltirib chiqarmaslik haqida tushuncha va tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
💠Guliston davlat pedagogika instituti rektori J.Karshibayev boshchiligidagi mutasaddi xodimlar ijtimoiy soha, jumladan, ta'lim sohasidagi islohotlar, umumta’lim maktablarida ta'lim sifatini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarimiz uchun yaratilaytogan imkoniyatlar bilan tanishtirish maqsadida viloyatning chekka hududlaridagi umumta’lim maktablari bitiruvchi o‘quvchilari bilan uchrashuvlari tashkil etildi.

Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad umumta'lim maktablaridagi mavjud muammo va ularning yechimlarini bartaraf etishga qaratilgan ishlarning samaradorligini oshirishdan iborat. Sayxunobod tumani 16-umumta'lim maktabi, Boyovut tumanining 18 hamda 33-umumta'lim maktablarida tashkil etilgan uchrashuvda maktablarining muatasaddi rahbarlari bilan o'quv-metodik qo'llanmalar, ilmiy faoliyat sohasida ustoz-shogirt an'analarida xamkorlikni yo'lga qo'yishga atroflicha kelishib olindi.

♻️Hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda...
Forwarded from OTFIV ǀ RASMIY
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
JURNALGA MAQOLALARNI TAQDIM ETISH TALABLARI
📑1. Maqola quyidagi aniq bandlarga ega bo‘lishi lozim:
1️⃣- Maqola mavzusi:
2️⃣- Maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot:
3️⃣- Maqola annotatsiyasi:
4️⃣- Kalit so‘zlar:

- Kirish;
- Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili;
- Tadqiqot metodologiyasi;
- Tahlil va natijalar;
- Xulosa va takliflar ;
📚- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

✏️2. Maqola matni shrifti “Times New Roman”da, lotin alfavitida bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1 intervalda bo‘lishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (o‘ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. 🗒Maqolaning hajmi 7-10 betgacha hamda foydalanilgan adabiyotlar soni 6-10 manbadan iborat bo‘lishi lozim.

📬3. Maqolalar sayhunaxborotnomasi@mail.ru elektron pochtasi yoki @MavludaAlmamatova telegram manzili orqali qabul qilinidi.

❗️4. Batafsil ma'lumotlar https://t.me/sayhunaxborotnomasi

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website