GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.9K photos
1.22K videos
49 files
3.76K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
“Inson huquqlari bilimdoni - 2023” ko‘rik-tanlovi o’tkazildi.

Guliston davlat pedagogika instituti talabalari o’rtasida “Inson huquqlari bilimdoni - 2023” ko‘rik-tanlovi bo'lib o'tdi.

Tanlovning maqsadi iqtidorli yosh talabalarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, yuksak bilimli, mustaqil fikrlaydigan, inson huquqlari bo‘yicha mukammal bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan, zamonaviy g‘oya loyihalarini qo‘llab quvvatlash, inson huquqlari bo‘yicha huquqiy savodxonlik oshirish, yoshlarning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xabardorligini oshirishdan iborat.

Tanlovda quyidagi ishtirokchilar g’oliblikni qo’lga kiritishdi:

🥇1-Umarqulova Muxlisa 
🥈2-Ro'ziyeva Laylo 
🥉3-Isoqjonov Shohjahon 
🥉3-Do'smatov Shavkatbeklar g'oliblikni qo'lga kiritdi.

🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempioni shahar hokimi tomonidan taqdirlandi

Joriy yilning 6-8 dekabr kuni Toshkent shahridagi “Yunusobod” sport saroyida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilgan edi. Unda Sirdaryolik Ulbo‘sin Hakimova 48 kg vazn toifasida ishtirok etib, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga ilk oltin medalni keltirdi.

Shu munosabat bilan, bugun 11 dekabr kuni Sirdaryo viloyati dzyudo federatsiyasi raisi, Guliston shahar hokimi To‘lqinjon Dadabayev hamda viloyat sport bosh boshqarmasi rahbari Anvar Bo‘ronov boshchiligida Guliston davlat pedagogika institutida tahsil oluvchi chempion sportchi bilan uchrashib, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyevning tabrigini yetkazdi. Yosh sportchini qutlar ekan, o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi. Kelgusida ham O‘zbekiston bayrog‘ini hamisha yuksaklarga ko‘tarishini, yutuqlari bardavom bo‘lishini tiladi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
JURNALGA MAQOLALARNI TAQDIM ETISH TALABLARI
1. Maqola quyidagi aniq bandlarga ega bo‘lishi lozim:
- Maqola mavzusi:
- Maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot:
- Maqola annotatsiyasi:
- Kalit so‘zlar:

- Kirish;
- Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili;
- Tadqiqot metodologiyasi;
- Tahlil va natijalar;
- Xulosa va takliflar ;
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

2. Maqola matni shrifti “Times New Roman”da, 14 kirill yoki lotin alfavitida bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1 intervalda bo‘lishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (o‘ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. Maqolaning hajmi 7-10 betgacha hamda foydalanilgan adabiyotlar soni 6-10 manbadan iborat bo‘lishi lozim.

3. Maqolalar sayhunaxborotnomasi@mail.ru elektron pochtasi yoki @MavludaAlmamatova telegram manzili orqali qabul qilinidi.

4. Batafsil ma'lumotlar https://t.me/sayhunaxborotnomasi

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Nuroniy va yoshlar

📌Guliston davlat pedagogika instituti  Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich  tashkiloti  yoshlar  kengashi  va volontyor yoshlar tomonidan keksalar va nuroniylar  holidan xabar olish maqsadida xonadonlarga tashriflar  uyushtirildi.

 Guliston tumani Mevazor MFY Soadat ko'chasi 84-uyda yashovchi nuroniylar holidan xabar olindi.

⚡️ Zero, yoshi ulug’ insonlarni hurmat qilish va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish xalqimizga xos bo‘lgan ezgu  fazilatlar  sanaladi.

🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹