GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.1K photos
1.24K videos
49 files
3.82K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#Hush_xabar

🇺🇿 Guliston Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti Jismoniy madaniyat yo'nalishi (XQS) 2- bosqich talabasi Ulbusin Hakimova

Sportning Dzyudo turi buyicha O'zbekiston chempionatida -48 kg vazn toifasida ayollar o'rtasida faxirli 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿“Yangi Konstitutsiya-taraqqiyot qomusi” mavzusida Ilmiy maqolalar tanlovi g'oliblari aniqlandi.

Avval xabar berganimizdek O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab “Yangi Konstitutsiya-taraqqiyot qomusi” mavzusida Ilmiy maqolalar tanlovi e’lon qilingan edi. Unda institutning bakalavr talabalari, magistrlaridan 20 dan ortiq maqolalar kelib tushdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra

bakalavr bosqichi talabalaridan

1-o‘rin - Ismatov Otabek – “Pedagogika” yo‘nalishi 21-22-guruh talabasi
2-o‘rin - Abzalova Dinara – “Miliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’lim” 34-23-guruh talabasi
3-o‘rin - Qodirqulova Mohichehra – “Miliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’lim” 29-22-talabasi

magistratura bosqichi talabalaridan

1-o‘rin - Islamova Durdona – “Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi” 6-22-guruh talabasi
2-o‘rin - Abdusalomova Maftuna – “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi (huquq taʼlimi)” ta’lim yo‘nalishi 12-22-guruh talabasi
3-o‘rin - Jo‘rayev Athamlar – “Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi (geografiya)” ta’lim yo‘nalishi 12-23-guruh talabalari

“Yangi Konstitutsiya-taraqqiyot qomusi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovining institut bosqichi g‘olibi deb topildilar hamda institut rektorining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Konstitutsiya bilimdoni" intellektual o'yini tashkil etildi.

8-dekabr-O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasning 31-yilligi munosabati bilan Guliston davlat pedagogika instituti qoshidagi akademik litseyi o’quvchi yoshlar  o'rtasida “Konstitutsiya bilimdoni” olimpiyada bellashuvi o'tkazildi.

O’quvchilarning huquqiy savodxonligini oshishiga xizmat qilgan ushbu tadbir 2 ta shart asosida o’tkazildi.

Aql tarozisi hisoblanuvchi bu kabi olimpiyada va  intellektual o'yinlarda doimo faol ishtirok etib kelayotgan o’quvchilar o’rtasida o’tkazilmoqda.

🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹
🎓"Umumta'lim fanlari bo'yicha asosiy olimpiada"ning viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tashabbusi bilan  "Umumta’lim fanlari boyicha asosiy olimpiada"ning viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

Qiziqarli tarzda tashkil etilgan olimpiadada Guliston davlat pedagogika instituti qoshidagi akademik litsey o'quvchilari borligi quvanarli hol.

G'olib jamoalar orasida Guliston davlat pedagogika instituti qoshidagi akademik litseyining Xorijiy fanlar yo'nalishining 1-bosqich o’quvchisi Raxmatullayeva Asal (nemis tili yo'nalishida) faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi hamda Egamnazarov Nurmuhammad faxirli 3-o’rinlarni qo'lga kiritganligi quvanarli hol

G'oliblar Maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan pul mukofotlari va estalik sovg’alari topshirildi.

Endililkda g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar Respublika bosqichida ishtirok etadi.

🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎨 Avval xabar berganimzidek, “Qalam tasvir” tanlovining Final bosqichi bo‘lib o‘tishi haqida e’lon qilingan edi. Unda “Qalam tasvir” tanlovining 2-bosqichida g‘alaba qozongan 10 nafar talabalar Final bosqichida bellashdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra:

🥇I-o‘rinni Ismatullayeva Shaxrizoda Shuhrat qizi - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi 26-22-guruh talabasi

🥈II-o‘rinni Mamatqulova Madina Urazbekovna - Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 12e-23-guruh talabasi

🥉III-o‘rinni Qurbonboyeva Sevinch Umid qizi - Texnologik ta’lim yo‘nalishi 4-23-guruh talabalari

🎁 “Qalam tasvir” tanlovining institut bosqichi g‘olibi deb topildilar hamda institut rektorining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
“Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Bugun, 9-dekabr kuni  Guliston davlat pedagogika institutini Madaniyat saroyida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida 10 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tantanali marosim Davlat madhiyasi sadolari bilan boshlandi.

Tadbirda mamlakatimiz davlat ramzlari har birimiz uchun aziz va muqaddas ekani, ayniqsa, ular orasida ulug‘ xalqimizning mangu qo‘shig‘i – madhiyamiz qalblarimizdan chuqur joy olgani alohida ta’kidlandi.

Darhaqiqat, qalb qo‘shig‘imizga aylangan madhiyamiz xalqaro maydonlarda ham O‘zbekiston nomini anglatib yangraydigan erkin va ozod ovozimizdir!

🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹
“Inson huquqlari bilimdoni - 2023” ko‘rik-tanlovi o’tkazildi.

Guliston davlat pedagogika instituti talabalari o’rtasida “Inson huquqlari bilimdoni - 2023” ko‘rik-tanlovi bo'lib o'tdi.

Tanlovning maqsadi iqtidorli yosh talabalarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, yuksak bilimli, mustaqil fikrlaydigan, inson huquqlari bo‘yicha mukammal bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan, zamonaviy g‘oya loyihalarini qo‘llab quvvatlash, inson huquqlari bo‘yicha huquqiy savodxonlik oshirish, yoshlarning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xabardorligini oshirishdan iborat.

Tanlovda quyidagi ishtirokchilar g’oliblikni qo’lga kiritishdi:

🥇1-Umarqulova Muxlisa 
🥈2-Ro'ziyeva Laylo 
🥉3-Isoqjonov Shohjahon 
🥉3-Do'smatov Shavkatbeklar g'oliblikni qo'lga kiritdi.

🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹