GulDPI. uz | Rasmiy
4.66K subscribers
11.9K photos
1.32K videos
49 files
4.03K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Xavfsiz xudud- dolzarb 40 kunlik" doirasida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Guliston davlat  pedagogika  institutida "Xavfsiz xudud- dolzarb 40 kunlik" profilaktik tadbiri doirasida Viloyat IIB mas’ul xodimlari hamda talabalar ishtirokida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularga qarshi kurashish, jabrlanishning oldini olish va boshqa qator mavzular yuzasidan keng qamrovli targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

Shuningdek, talabalarning IIOlarga qabul qilinishi tartibi yuzasidan kiziktirgan savollariga atroflicha tushunchalar berilib, tadbir qizgin va muhokamalarga boy bo'ldi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
November 25, 2023
❗️Diqqat e'lon❗️

🗣 GulDPI Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘limi “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovini eʼlon qiladi❗️

💡 Topshiriladigan biznes loyiha shartlari:

❇️ Loyiha ijrochilarining tarkibi faqatgina xotin-qizlardan iborat boʻlishi;

❇️ Loyiha ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;

❇️ 1 ta jamoa 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi (jamoa aʼzolari soni 5 nafardan oshmasligi lozim);

❇️ Biznes loyihalarni to’liq ishga tushirishning yakuniy muddati bir yilgacha boʻlishi.

📌 Eslatib o‘tamiz:

🔒 Tanlov doirasida Startap loyihalar boʻyicha takliflar joriy yilning 20-dekabr soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Tanlov shartlari, topshiriladigan hujjatlar hamda batafsil ma'lumot.
☎️ Telefon raqam: (97) 565-00-05
(91) 770-14-74
____________
Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o'z hissangni qo'sh

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
November 25, 2023
November 27, 2023
Guliston davlat  pedagogika  institutida OTA-ONALAR KONGRESSI o'tkazildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 4-avgustdagi 920-son yig‘ilish bayoni 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Guliston davlat  pedagogika  institutida “Ota-onalar kongressi” o'tkazildi. Kongressni Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Begzod Tagayev oʻz kirish soʻzi bilan ochib berdi. Oʻz navbatida ta’lim dargohi va ota-onalar oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha aniq takliflarni oʻrtaga tashladi.

Unda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar, talaba-yoshlar ham ishtirok etishdi.

Kongress avvalida mehmon sifatiga taklif etilgan ota-onalar institut faoliyati, xususan, taʼlim jarayonlari, talaba-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishtirildi. Shundan so‘ng, “Ota-onalar kongressi”ning asosiy qismi boshlandi.

Institutga tashrif buyurgan ota-onalar farzandlari tahsil olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o’rganish bilan bir qatorda institut rahbariyati bilan uchrashib, o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Uchrashuvning badiiy qismida iqtidorli talabalar tomonidan sahnalashtirilgan kuy-qo’shiqlar yig’ilganlar e’tiboriga havola etildi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
November 27, 2023
⚡️⚡️NUFUZLI XALQARO "ELSEVIER - ScienceDirect" OLIMLAR VA TADQIQOTCHILAR UCHUN O‘Z ESHIKLARINI OCHDI

➡️ Akademik nashrlar taqdim etishga ixtisoslashgan "Elsevier" kompaniyasi hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida erishilgan kelishuvlar doirasida 2024-yilning 1-avgustigacha mamlakatimizdagi Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari “ScienceDirect” xalqaro ma'lumotlar bazasi elektron resurslaridan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

🎯Loyihaning asosiy maqsadi – olimlarimizning butun dunyodagi eng ilg‘or ilmiy maqolalarni o‘z ichiga olgan xorijiy nashriyotlarning ilmiy-texnik axborotlar bazasidan foydalanishlarini ta’minlashdir.

📕📕📕 Ma'lumot uchun, "Elsevier - ScienceDirect" keng qamrovli, fanlararo internet-resurslar to‘plamini taqdim etadi. Platforma 4000 dan ortiq ilmiy jurnallar, 18 milliondan ortiq ilmiy maqolalar, 30 000 dan ortiq elektron kitoblarga ega bo'lish imkoniyatini beradi.

🌐Institutimizning ilmiy tadqiqotchilari va professor-o'qituvchilari ushbu ma'lumotlar bazasidan https://www.sciencedirect.com/ havolasi orqali foydalanishlari mumkin.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
November 27, 2023
Forwarded from Edu.uz
November 28, 2023