GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.7K photos
1.21K videos
49 files
3.7K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Pazanda talaba qizlar o'z iqtidorlarini namoyish etdilar.

Guliston davlat pedagogika instituti talabalar turar joyida talaba-qizlar o‘rtasida “Pazandachilik” tanlovi o‘tkazildi. 

Tanlov shartlariga ko'ra talaba qizlar milliy va yevropa taomlar tayyorlash bo'yicha o'zaro bellashishdilar.

Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslar yakunida

🥇1-o‘rinni “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi 72-23-guruhi talabasi L.Yo‘lchiyeva,

🥈2-o‘rinni “Pedagogika” ta’limi  yo‘nalishi talabasi S.Yaxshilikova

🥉3-o‘rinni “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi talabasi D.Abzalovalar g'oliblikni egallashdi.

Bizni kuzating👇🏻 
🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
⚡️ Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida hamkorlik "Ma'naviy-ma'rifiy" seminari tashkil etildi

Joriy yilning 3-noyabr kuni Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida hamkorlik "Ma'naviy-ma'rifiy" seminari tashkil etildi. Mazkur tadbirda Guliston davlat pedagogika instituti birinchi prorektori B.A.Tagayev, institut dotsenti U.B.Mirzaliyevlar bugungi kundagi dolzarb bo'lgan o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi. 

🚒 Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari - Shtab boshlig'i, polkovnik Bobonov Husan Alisherovich Guliston davlat pedagogika instituti rahbariyatiga o'z minnatdorchiligini ma'lum qildi.

Bizni kuzating👇🏻 
🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
"Talabalar ligasi" doirasida shaxmat musobaqasining hududiy bosqichi g'oliblari aniqlandi.

Joriy yilning 3 noyabr kuni Yoshlar markazi binosida Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida "Talabalar ligasi" shaxmat musoboqasining hududiy bosqichi bo'lib o'tdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra:

1-o'rin Mamatov Behruz  (o'g'il bolalar) o'rtasida 

2-o'rinni  O'sarboyeva Kamola  (Qizlar o'rtasida)

3-o'rinni Saidmurodov Azamat g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Endilikda Mamatov Behruzbek Republika bosqichida viloyatomiz shanini himoya qiladi.

Bizni kuzating👇🏻 
🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
⚡️Qadrli GulDPI talaba-yoshlari!

Joriy yilning 13-19 noyabr kunlari Guliston davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari ishtiriokida, guruhlar o‘rtasida “MUNOZARA” debat turniri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📝 Mazkur turnirda ishtirok etish istagini bildirgan jamoalar joriy yilning 6-11-noyabr kuniga qadar instituning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga arizalarni topshirishlari mumkin.

🎁 G‘oliblar institut ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

Bizni kuzating👇🏻 
🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF -134-son Farmoni bilan tasdiqlangan "2022-2026 yillarda Xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturining 24.2 bandida pedagoglar uchun "Alohida ta’lim extiyojlari bo‘lgan bolalar bilan ishlash" mavzusida seminar-treninglarni muntazam tashkil etish vazifasi belgilangan bo‘lib, joriy yilning 3 noyabr kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan "Nurli maskan" maktab-internatida viloyat miqyosida seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu seminarga  Guliston davlat universiteti, Guliston davlat pedagogika instituti hamda Viloyat Ko‘zi ojizlar jamiyatidan vakillar, Maxsus-maktab internatlari pedagoglari ishtirok etdi. Seminar-treningda ochiq mashg‘ulotlar, maktab-internati rahbariyatining ish uslublari, pedagoglarning uslubiy ishlari va ko‘rgazmalari bilan tanishishdi. O‘quvchilarning badiiy chiqishlari mehmonlarda katta taassurot uyg‘otdi.

Bizni kuzating👇🏻 
🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website