GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.6K photos
1.2K videos
49 files
3.67K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.
Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Ijarada yashayotgan talabalarning yashash sharoitlari yaqindan o'rganildi.

Guliston davlat pedagogika instituti rahbaryati va tyutorlari boshchiligida  ijarada yashayotgan talabalarning yashash sharoitlari hamda ijara uylarining qishki mavsumda isitish tizimlarinig tayyorligi yuzasidan o'rganishlar olib borildi.O'rganishlar davomida talabalarning ijara haqlari sunniy tarzda oshirilmaganligi va yashash sharoyitlari yaqindan o'rganildi.

Shuningdek, talabalarning takliflari tinglanib  ularga kerakli maslahat va tavsiyalar berildi.

Bizni kuzating👇🏻 
🌎Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️Xabar berganimizdek Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi innovatsion rivojlanish agentligi xodimlari va Respublikaning bir qancha oliy ta'lim muassasalari rahbar kadrlaridan iborat delegatsiya Xitoy xalq respublikasining Pekin shahrida Chinese Bridge loyihasi doirasida bo'lib turishibti.

Bugun ushbu delegatsiya Xitoyning Xitoyning Minzu universiteti, Pekin yangi iqtidorlar akademiyasi, Xitoyning Oliy ta'lim nashriyotiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida, Minzu Universiteti Prezidenti Professor Guo Guangshen Chinese Bridge loyihasi a'zolariga universitet faoliyati, ushbu ta'lim muassasalarining Xitoy tili va madaniyatini rivojlanishidagi o'rni, talabalar hayoti va ularning ijod namunalari asosida tayyorlangan spektakl namoyishiga taklif qildi. Kun yarmida delegatsiya a'zolari Beijingdagi Xitoyning Oliy ta'lim nashriyot uyiga tashrif buyurib xitoyda xattotlik san'atining rivojlanishi, xitoy oliy ta'lim muassasalari uchun nashr etilayotgan darslik va o'quv qo'llanmalar bilan yaqindan tanishdilar.

💠Tashrif davomida Guliston davlat pedagogika instituti hamda Xitoyning Minzu universiteti, Pekin yangi iqtidorlar akademiyasi kabi ta'lim tashkilotlari bilan kelgusida tegishli sohalar kesimida xamkorlik qilish bo'yicha memorandum imzolashga erishildi.

🗣Xalqaro tashrif davom etmoqda....

Bizni kuzating👇🏻
🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Xalqaro_hamkorlik

🌐 Guliston Davlat Pedagogika Instituti hamda QS jahon universitetlari reytingida #671-680 o'rinni egallab turgan Vengriyaning Debretsen Universiteti o'rtasida hamkorlik imkoniyatlari rivojlanmoqda! 🌐

🌍 Talabalar va xodimlar uchun almashinuv dasturlari

📢 Mehmon ma'ruzalari va seminarlari: Ikkala tomonning professor-o'qituvchilari bilim va malakalarini almashish uchun taklif qilindi

🎓 Yillik konferensiyalar: GDPI vakillari "Family and education" nomli har yilgi konferentsiyaga taklif qilindi

Ushbu uchrashuvda ishtirok etdilar:

🔹 Tagayev Behzod Anvarovich - Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor

🔹 Norquziyeva Zebo Kamalovna – Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig'i

🔹 Mamasharipov Umidjon Djumayevich - Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i

🔹 Xidirov Olmosbek Abdurazak o'g'li - Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i

Debretsen universiteti vakillari:

🔹 Erzsebet-Gortka Rako – Bolalar va maxsus ta’lim ehtiyojlari uchun ta’lim fakulteti dekani

🔹 Nemes Magdolna - Debretsen universiteti dotsenti va Erasmus

🤝Muzokaralar davom etmoqda…

Bizni kuzating👇🏻
🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
“Milliy kurash”  boʻyicha  vazir kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.

Guliston Davlat Pedagogika instituti talabalari o'rtasida "Milliy kurash"   vazir kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqada 3 ta vazn toifasida institut talaba-yoshlari o‘rtasida tadbir takshil etildi. Musoboqa jarayonida jami 24 nafar sportchi-talabalar ishtirok etdi.

Musobaqa Olimpiya tizimi asosida o‘tkazildi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, 9 nafar sportchilar o‘rtasida 66 kg vazn toifasida 1-kurs talabasi Jumayev Isoq Ergash o‘g‘li faxrli 1-o‘rinni, 12 nafar sporchilar o‘rtasida 73 kg vazn toifasida 1-kurs talabasi Abdullayev Mansurbek Baxtiyor o‘g‘li faxrli 1-o‘rinni,  3 nafar sporchilar o‘rtasida +73 kg vazn toifasida 2-kurs talabasi Asatullayev Zuxriddin Shamshiddin o‘g‘li faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Musobaqada munosib ishtirok etgan sportchilar institut rahbariyati tomonidan faxriy diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating👇🏻 
🌎Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
📖 "Savodxonlik bayrami" tadbiri

Joriy yilning 30-oktabr sanasida Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi o'qituvchisi D.Utanbayeva tashabbusi bilan Sirtqi bo'lim "Boshlang'ich ta'lim" yo'nalishi 2-22 S-BT guruhida "Savodxonlik bayrami" tadbiri o'tkazildi.

🔷 Tadbirda Sirtqi bo'lim boshlig'i N.Boymatov so'zga chiqib, boshlang'ich sinf o'qituvchisi faoliyatida ushbu tadbirning alohida ahamiyatga egaligi, bugungi amaliyotlari kelajakda kasbiy faoliyatida asqotishi haqida so'zladi.

🔶 Tadbirda talabalar tomonidan she'r va qo'shiqlar aytildi hamda milliy raqslar ijro etildi.

☑️Tadbir ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi.

Bizni kuzating👇🏻
🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Soybobod MFY” da sayyor qabul o‘tkazildi. 

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi.

Bugun Guliston davlat pedagogika instituti prorektori B.A.Tagayev tomonidan Soybobod maxallasida axoli bilan yaqindan muloqatlar olib borilib, ta’lim soxasiga oid tegishli  masalalar atroflicha taxlil qilindi.       

Mazkur sayyor qabul jarayonida Abdusattorova Fotima, Kudratov Baxtiyor, Ismoilova Maxpora, Ergasheva Moxira fuqarolariga o‘zlarini qiziqtirgan masalalari yuzasidan raxbaryat tomonidan murojatlari tinglandi.

Murojatlarning aksaryati o‘qishga kirish, institut yo‘nalishlari, kontrakt to‘lovini amalga oshirish, ta’lim kreditlari va institutga ishga kirish, institut xududida  tadbirkorlik  uchun qanday xujjatlarni kerakligi, maktab va institut aloqalarini mustahkamlash masalalari bo‘yicha qiziqtirgan savollariga tushuntirish ishlari olib borildi.

Bizni kuzating👇🏻 
🌎Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website