GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.7K photos
1.21K videos
49 files
3.71K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Milliy o‘yinlarda millat ruhi mujassam

O‘zbek xalq milliy o‘yinlari o‘zining uzoq o‘tmishi, boy tarixiga ega bo‘lgan, ajdodlardan avlodlarga meros sifatida o‘tib kelayotgan, ma'naviy boyligimiz, qadriyatlarimizdan sanaladi.

Bugun Guliston davlat pedagogika instituti talabalari o'rtasida o‘zbek milliy o‘yinlari va qiziqarli sayillar bo‘lib o‘tdi.

Milliy o‘yinlarimiz doirasida arqon tortish, tosh ko‘tarish hamda milliy kurash sport musobaqalari bo'lib o'tdi.

Talaba yoshlar o'rtasida sog'lom muhitni yaratishda, yosh avlodni har tomonlama jismonan va ma’nan kamol toptirishda hal qiluvchi kuchga ega.

Bizni kuzating👇🏻
🌎Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#valebol

2023-yilning 13 oktyabr kuni  Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyida “Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida qizlar o'rtasida volebol bo’yicha saralash bosqichi o’tkazildi.

Olib borilgan qizg’in bellashuvdan so’ng, jamoalar quyidagi natijalarni qo’lga kiritishdi:

🥇Tabiy fanlar yo’nalishi
🥈Xorijiy fanlar yo’nalishi
🥉Aniq fanlar yo’nalishi
4️⃣Ijtimoiy fanlar yo’nalishi


Bizni kuzating👇🏻
🌎Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
"Besh tashabbus olimpiadasi" hamda Talabalar ligasi g'oliblari taqdirlandi.

Bugun Guliston Davlat Pedagogika institutida " BESH TASHABBUS" olimpiadasi doirasida sportning mini futbol, voleybol, stol tennisi spot turlaridan g‘olib bo‘lgan yoshlar rag‘batlantirildi. Shuningdek, "Talabalar ligasi" sport musobaqasining ichki ya’ni 1-bosqichida sportning Shaxmat va voleybol turlari bo‘yicha g‘olib jamoa va ishtirokchilar munosib taqdirlandi.

Bizni kuzating👇🏻 
🌎Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Ijarada yashayotgan talabalarning yashash sharoitlari yaqindan o'rganildi.

Guliston davlat pedagogika instituti rahbaryati va tyutorlari boshchiligida  ijarada yashayotgan talabalarning yashash sharoitlari hamda ijara uylarining qishki mavsumda isitish tizimlarinig tayyorligi yuzasidan o'rganishlar olib borildi.O'rganishlar davomida talabalarning ijara haqlari sunniy tarzda oshirilmaganligi va yashash sharoyitlari yaqindan o'rganildi.

Shuningdek, talabalarning takliflari tinglanib  ularga kerakli maslahat va tavsiyalar berildi.

Bizni kuzating👇🏻 
🌎Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️Xabar berganimizdek Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi innovatsion rivojlanish agentligi xodimlari va Respublikaning bir qancha oliy ta'lim muassasalari rahbar kadrlaridan iborat delegatsiya Xitoy xalq respublikasining Pekin shahrida Chinese Bridge loyihasi doirasida bo'lib turishibti.

Bugun ushbu delegatsiya Xitoyning Xitoyning Minzu universiteti, Pekin yangi iqtidorlar akademiyasi, Xitoyning Oliy ta'lim nashriyotiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida, Minzu Universiteti Prezidenti Professor Guo Guangshen Chinese Bridge loyihasi a'zolariga universitet faoliyati, ushbu ta'lim muassasalarining Xitoy tili va madaniyatini rivojlanishidagi o'rni, talabalar hayoti va ularning ijod namunalari asosida tayyorlangan spektakl namoyishiga taklif qildi. Kun yarmida delegatsiya a'zolari Beijingdagi Xitoyning Oliy ta'lim nashriyot uyiga tashrif buyurib xitoyda xattotlik san'atining rivojlanishi, xitoy oliy ta'lim muassasalari uchun nashr etilayotgan darslik va o'quv qo'llanmalar bilan yaqindan tanishdilar.

💠Tashrif davomida Guliston davlat pedagogika instituti hamda Xitoyning Minzu universiteti, Pekin yangi iqtidorlar akademiyasi kabi ta'lim tashkilotlari bilan kelgusida tegishli sohalar kesimida xamkorlik qilish bo'yicha memorandum imzolashga erishildi.

🗣Xalqaro tashrif davom etmoqda....

Bizni kuzating👇🏻
🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website