GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.6K photos
1.2K videos
42 files
3.66K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.
Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi innovatsion rivojlanish agentligi xodimlari va Respublikaning bir qancha oliy ta'lim muassasalari rahbar kadrlaridan iborat delegatsiya Xitoy xalq respublikasining Pekin shahrida Chinese Bridge loyihasi doirasida bo'lib turishibti.

Ushbu tashrif davomida xorijiy oliy ta'lim muassalarining rahbarlari, Italiya, Belarusiya, Nepal va boshqa davlatlardan tashkil topgan xorijiy mutaxassislar ishtirok etishmoqda.

Loyihaning ochilish marosimida, Guliston davlat pedagogika institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Ayaqulov Nurbek Abdug'appor o'g'li so'zga chiqib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi hamda barcha tashkilotchilarga tashakkur bildirdi.

Xalqaro tashrif davomida Guliston davlat pedagogika instituti hamda bir qancha xorijiy oliy ta'lim muassalari bilan hamkorlik memorandumlarining imzolanishi ko'zda tutilgan.

Bizni kuzating👇🏻
🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
🎉 Ona tilim – mening faxrim!

Bugun Guliston davlat pedagogika institute akademik litseyida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan O’zbek tili va tillarni o’qitish kafedrasi mudiri B.Qurbonov o’qituvchilar R.Ubaydullayeva, S.Boboyevalar bilan birgalikda talaba yoshlar uchun ochiq maruza o'tkazildi.

Ochiq maruzada -Qadriyatlar beshigi bo‘lgan ona tilimizni ulug‘lashga qaratish va ona tilimizni chuquroq o’rganish kerak ekanligini o’quvchilarga tushchalar berib o’tishdi…

Bizni kuzating👇🏻
🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
📚 Kitob va va kitobxonlik inson ma‘naviyati ko‘zgusi.

Bugun  Guliston pedagogika instituti hamda Milliy tiklanish partiya Sirdaryo viloyati Kengashi hamkorlikda talabalar ishtirokida "Kitob va va kitobxonlik inson ma‘naviyati ko‘zgusi" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Dastlab tadbirni kirish so‘zi bilan oliygohni yoshlar masalalari va ma‘naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor B.Tog‘ayev ochib berdi.

📒 Insoniyat tarixiga nazar solsak ilm va odob barcha yaxshilikning boshi ekanligiga guvohi bo‘lamiz.Tadbirda ham bu borada ko‘plab fikrlar tinglandi.

Qizg‘in munozaralar asosida tashkil etilgan ochiq muloqot davomida Milliy tiklanish demokratik partiyasi g‘oyalari haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Partiyaga a‘zo bo‘lish istagini bildirgan yoshlar arizalari qabul qilindi.

Bizni kuzating👇🏻
🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Til-millat ko'zgusi.

Guliston pedagogika institutida 21-oktabr O'zbek til bayrami munosabati bilan tadbiri tashkil etildi.

🎥Batafsil: Sirdaryo MTRK telekanalining "Diyor yangiliklari" lavhasida shu haqda so'z boradi.‌‌

Bizni kuzating👇🏻
🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
🚰  Barcha iste’molchilar diqqatiiga!

Joriy yilning 1-noyabridan 1-dekabriga qadar Sirdaryo viloyati iste’molchilari “Sirdaryo suv ta’minoti” MCHJ shahar va tuman bo‘limi nazoratchilari tomonidan pilot loyiha tariqasida xonadonlar hududlar kesimida xatlovdan o‘tkaziladi. Pilot loyihasi davomida xatlovdan o‘tkazilgan xonadonlar ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarini bank kassalari, Click, Payme, Apelsin ilovalari orqali amalga oshirishlari so‘raladi.

Xatlovdan o‘tkazilgan xonadonlar qarzdorliklari 5 kun ish kunida amalga oshirilmasa tarmoqdan uziladi hamda qarzdorliklari bo‘yicha Fuqarolik sudiga taqdim etiladilar. Ichimlik suvi tarmog‘idan uzilgan iste’molchilar qayta ulanishlari uchun eng kam ish haqining 2 barobarida to‘lovni amalga oshiriladi.

Bizni kuzating👇🏻
🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️Xabar berganimizdek, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi innovatsion rivojlanish agentligi xodimlari va Respublikaning bir qancha oliy ta'lim muassasalari rahbar kadrlaridan iborat delegatsiya Xitoy xalq respublikasining Pekin shahrida Chinese Bridge loyihasi doirasida bo'lib turishibti.

🤔Bugun ushbu delegatsiya Xitoyning Beijing International Chinese College, 80 sonli Pekin Oliy Maktabi kabi ta'lim tashkilotlari faoliyati, ushbu ta'lim muassasalarining Xitoy mintaqasidagi o'rni va ahamiyati, ta'lim tizimi bilan yaqindan tanishdilar. Kun davomida delegatsiya a'zolari Beijingdagi Gengdan texnologiyalar universitetida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, Xitoy tajribasi asosida tashkil etilgan OTMning ta'lim tizimi haqida to'liq ma'lumot olishdi.

💠Tashrif davomida Guliston davlat pedagogika instituti hamda Beijingdagi Gengdan texnologiyalar universiteti hamda Beijing International Chinese College kabi ta'lim tashkilotlari bilan kelgusida tegishli sohalar kesimida xamkorlik qilish bo'yicha memorandum imzolashga erishildi.

🗣Xalqaro tashrif davom etmoqda.... 📝📝📝

Bizni kuzating👇🏻
🌎Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website