GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.6K photos
1.2K videos
42 files
3.66K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.
Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#GSPI#innoweek-2023

Guliston davlat pedagogika institutida “Innoweek.uz-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligiga start berildi

O‘zbekiston Respublikasidagi barcha OTMlar bilan bir qatorda Guliston davlat pedagogika institutida ham Kreativ ta’lim va innovatsiyalar - yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi shiori ostida “Innoweek.uz_2023” innovatsion gʻoyalar haftaligiga start berildi.

Mazkur haftalikning ochilishiga bag‘ishlangan tadbir institutning Ma'naviyat markazida tashkil etildi. Tadbir institut rahbariyati ishtirokida “Innoweek-2023 innovatsion g'oyalar hafatligining ahamiyati” mazusidagi kirish so‘zi bilan ochib berdi. Jumladan, Sirdaryo viloyatini innavtsion makonga aylantirishda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, innovatsion loyihalarning ahamiyati xususida ma'lumot berildi.

Shundan so‘ng institutning professor-o'qituvchilari, magistrantlari va iqtidorli talabalari startup loyihalari va innovatsion ishlanmalari bo‘yicha taqdimot qilishdi.

Haftalik doirasida ko‘rgazmalar taqdimoti, xorijiy hamkorlar bilan uchrashuv va kelishuvlar, konferensiya va forumlar tashkil etish rejalashtirilgan.

🔰Eslatib o‘tamiz “Innoweek.uz_2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi 20-oktabrga qadar davom etadi.
#o'zmaqsadlaringnibil
#GulDPI
#innoweek2023

“InnoWeek.uz-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida Sirdaryo yoshlar texnoparkida bo'lib o'tgan tadbirlarda Guliston davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari innovatsion ishlanmalari bilan ishtirok etishdi.

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#ochiq_dars

Guliston davlat pedagogika instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Aziz Qalandarovning ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi.

Ma’ruza davomida "Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantrish konsepsiyasi mazmun mohiyati" borasida so'z yuritildi.

⚡️ Xususan, oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va pedagoglarning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni mazmunli va maqsadli tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Dars davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website