GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.1K photos
1.23K videos
49 files
3.8K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#talaba
#ijara

📍Guliston davlat pedagogika instituti fakultet tyutorlari tomonidan talabalar turar joylari va ijara xonadonlari sharoitlari doimiy ravishda o‘rganilmoqda.

🖇Xususan, institut talabalari istiqomat qilayotgan ijara xonadonlarining xavfsizlik bilan ta’minlanganligi, yashash va oʻqish uchun sharoiti yetarli ekani haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlish maqsadida joylarga borib tanishmoqda.

📌Shuningdek, ijara egalari bilan suhbatlar olib borilmoqda.

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Besh_tashabbus_Olimpiada
#voleybol

🤽‍♀️ Joriy yilning 23-sentabr kuni Yoshlarni sogʻlom turmush tarziga rioya qilishini taʼminlash, sportga keng jalb qilish, ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, Guliston davlat pedagogika instituti fakultetlar o‘rtasida “Besh tashabbus Olimpiada”si doirasida voleybol sport musobaqasining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
DIQQAT E’LON!

Hurmatli GulDPI talabalari!

Joriy yilning 27-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti rektori, Biologiya fanlari doktori Karshibayev Jahongir Hazratqulovichning ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tadi.

Ma’ruza mavzusi : “Raqamli O'zbekiston — 2030” strategiyasining maqsad va vazifalari.

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#talaba
#ijara

⚡️2023-yilning 24-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti dekani Sh.Norqulov, yoshlar masalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari N.Boyjigitov hamda fakultet tyutorlari tomonidan ijarada istiqomat qilayotgan talabalar xonadonlarga tashrif buyurib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

🧩Talabalarning asosiy qismi institutga yaqin hududda joylashgan mahallalarda ijara xonadonlarida istiqomat qiladi. O‘rganishlar davomida ijara xonadonlarining texnik xavfsizligi, gaz, suv, elektr ta'minoti, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishdi.

📌Institut talabalarining darsdan keyin bo‘sh vaqtida nimalar bilan band ekanligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, ijara xonadonlari egalari bilan ham suhbatlar o‘tkazildi.

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website