GulDPI. uz | Rasmiy
4.64K subscribers
12.2K photos
1.37K videos
49 files
4.16K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#test_2023
#11_kun

⚡️Bugun 11-avgust Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasida 2023/2024-o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlarining 11-kuni bo‘lib o‘tmoqda.

🔹 Ota-onalar uchun tayyorlangan maxsus kutish joyida katta ekranlar tashkil qilingan bo‘lib, farzandining imtihon jarayonlarini tog’ridan-tog’ri kuzatib bormoqda.

🧩Guliston davlat pedagogika instituti jamoasi tomonidan ota-onalar va abituriyentlar yaqinlarining fikrlari va takliflari o'rganilmoqda.

📌Ayni damda test sinovlarining 1-smenasi — 08:00 da boshlangan bo‘lib, soat 11:00 ga qadar davom etadi.

🎥 Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan, imtihonlarni quyidagi havola orqali kuzatish mumkin: https://test2023.uz/Sirdaryo/78

GulDPI axborot xizmati

🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Yoshlar_turizmi

⚡️GulDPI iqtidorli talabalari “II yoshlar turizimi Xalqaro qurultoyi” ishtirok etmoqda

🌟Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrining "Lochin" bolalar sog'lomlashtirish oromgohida bo‘lib o‘tayotgan "Yoshlar turizmi" II xalqaro qurultoyida Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkiya davlatlaridan tashrif buyurgan faol yoshlar qatorida GulDPI yoshlari ham qatnashmoqda.

💥 Mazkur tadbirda ishtirok etayotgan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida qiziqarli tanlov va musobaqalar o‘tkazilmoqda. Eng muhimi, "Yoshlar turizmi" II xalqaro qurultoyi davomida respublikamizning eng faol va tashabbuskor yoshlari bir-birlari bilan o‘zaro fikr almashmoqda.

💫 “II yoshlar turizmi Xalqaro qurultoyi” 12-avgust kuniga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

GulDPI axborot xizmati

🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
💥 Texnikum bitiruvchilarini oliy ta'lim muassasasi 60112200-Jismoniy madaniyat bakalavriat ta'lim yo'nalishiga yakka tartibdagi suhbat orqali qabul qilish uchun baholash mezonlari va kirish suhbati savollari 👇

Link


GulDPI axborot xizmati

🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
⚡️ Ikkinchi ta'limga kirish sinovlari dasturlari 👇


Texnologik ta'lim
Rus tili
Maktabgacha ta'lim
Jismoniy madaniyat
Boshlang'ich ta'lim
Ingliz tili


GulDPI axborot xizmati

🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from OTFIV ǀ RASMIY
#LIVE

⚡️⚡️⚡️Ilm-fan va innovatsiyalar kengashining yigirma birinchi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

👉Kengash muhokamasiga “Turizm sohasini rivojlantirish” hamda yo‘nalishi bo‘yicha ITK yo‘nalishlari bo‘yicha ITKlar tomonidan moliyalashtirishga tavsiya etilgan 4 ta amaliy, 4 ta innovatsion va 2 ta fundamental loyiha kiritildi.

Shuningdek Kengash yig‘ilishining kun tartibiga "O‘zbekiston-Vengriya" xalqaro ilmiy loyihalar tanlovi natijalariga ko‘ra moliyalashtirishga tavsiya etilgan loyihani tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqiladi.

Youtube:
https://youtube.com/live/YXcX35Hp6cM?feature=share



⚡️⚡️⚡️Начало свою работу двадцать первое заседание Совета по науке и инновациям.

👉На обсуждение Совета внесены 4 прикладных, 4 инновационных
и 2 фундаментальных проекта, рекомендованных к финансированию Научно-техническими советами по направлениям «Развитие сферы туризма» и другим соответствующим направлениям.

Также на повестку дня заседания Совета вынесен вопрос об утверждении проекта, рекомендованного к финансированию по результатам международного конкурса научных проектов «Узбекистан-Венгрия».

Youtube:
https://youtube.com/live/YXcX35Hp6cM?feature=share

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Obodonlashtirish_oyligi

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida respublikamizda 2023-yilning 30-iyulidan 30-avgustigacha "Obodonlashtirish oyligi" o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🔸 Shu munosabat bilan “Obodonlashtirish oyligi” doirasida Guliston davlat pedagogika instituti hududida o'quv binolari va talabalar turar joylarida tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

🔹 Xususan, institut hovlisiga kuzgu gul ko’chatlari ekilib, daraxtlar ohaklanmoqda. Yangi o`quv yilini munosib kutib olish maqsadida ishchi xodimlar tomonidan institut hududida obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish va tozalik ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.

💥Obodonlashtirish oyligi 30-avgustgacha davom etadi.

GulDPI axborot xizmati

🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website