GulDPI. uz | Rasmiy
4.58K subscribers
12.9K photos
1.47K videos
50 files
4.45K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
🗣Guliston davlat pedagogika institutida “Sport oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan musobaqalar qizg‘in va yuqori kayfiyatda davom etmoqda.


💖 Bugun talabalar o‘rtasida kurash musobaqalarining institut bosqichiga start berildi. Musobaqa doirasida talabalar o‘z jismoniy salohiyati, matonati va sport mahoratini namoyon etishmoqda.

Mazkur bellashuvlar institutda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda iste’dodli sportchilarni saralashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 20
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Guliston davlat pedagogika institutida “Sport oyligi” doirasida sportning kurash turi boʻyicha “Vazir kubogi” musobaqalarining 1-institut bosqichi qizg‘in va bahslarga boy tarzda boʻlib oʻtdi.

🙂 Talabalar bellashuvlarda katta ishtiyoq bilan ishtirok etib, o‘z jismoniy salohiyati, epchilligi va matonatini namoyon etishdi. Bu kabi tadbirlar institutda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va sportni keng targ‘ib qilishda muhim o‘rin tutmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 20
❗️❗️❗️❗️❗️

Musiqa shinavandalari diqqatiga!


💖 Guliston davlat pedagogika instituti Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalarining an’anaviy “Hisobot konserti” bo‘lib o‘tadi!

🗓Sana: 2025-yil 21-may
📝Soat: 11:00
📍Manzil: Institut madaniyat saroyi

😧 Mazkur konsertda talabalarning bir yil davomida erishgan ijodiy yutuqlari, sahnadagi chiqishlari va musiqiy mahorati namoyish etiladi. Ijod, san’at va go‘zallik uyg‘unligiga boy ushbu tadbir sizda unutilmas taassurot qoldiradi.

🎼 Barcha professor-o‘qituvchilar va talabalarni ushbu san’at bayramiga taklif etamiz!
Tashrifingizdan mamnun bo‘lamiz!


💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 20
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TalabaExpo_2025

Bitiruvchi talabalar diqqatiga!


21–23-mау kunlari Toshkent shahridagi “Zakovat” arenasida oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari uchun “TalabaExpo-2025” kasblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda 700 dan ortiq yirik korxona va tashkilotlar vakillari yoshlar uchun manfaatli va daromadli ish o‘rinlari bilan ishtirok etadi.

O‘z tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan bitiruvchilar uchun esa tijorat banklari va moliyaviy tashkilotlar mutasaddilari bilan to‘gridan to‘g‘ri muloqot imkoniyati.

3 kun davom etadigan keng masshtabli ko‘rgazma davomida:
🔸“Talaba – kelajak” bitiruvchilar bilan muloqot;
🔸Seminarlar;
🔸“Biznes loyihalari” va startap loyihalar taqdimoti;
🔸“Ochiq mikrofon” va “Talaba – talant” kreativ shousi;
🔸MFaktor, Eduon, Deli.uz, Dekos.uz kabi kompaniyalar asoschilari bilan uchrashuvlar;
🔸“TalabaStartUp Pitch”, “Vericase” tanlovlari;
🔸Madaniy shou va musiqiy kechalar sizni kutmoqda!

📅 Sanasi: 21–23-may
🔘 Ochilish marosimi: 21-may, 9:30 da
📍 Manzil: “Zakovat” arena

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 20
🌎Tongni badantarbiya bilan qarshi olamiz.


😝 Erta tongda, ochiq havoda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish nafaqat salomatlik uchun foydali, balki kun davomida yuqori emotsional kayfiyat va ish qobiliyati bilan ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega.

🙂 Guliston davlat pedagogika instituti talabalari har tongni Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari rahbarligida jismoniy mashqlar bilan qarshi oladilar.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 21
#XalqaroStajirovka
#GDPI #Xitoy 🇺🇿🇨🇳

📌 Pekinda Guliston davlat pedagogika instituti prorektori stajirovka oʻtamoqda.

🗣 Avval xabar berganimizdek, Pekin shahrida 2025-yilgi Buyuk ipak yoʻli iqtisodiy kamari mamlakatlari iqtisodiyoti va loyiha boshqaruvi muhokama qilinmoqda.

😘Xalqaro malaka oshirish kursida Xitoy Milliy tadqiqot instituti moddiy texnik bazasi, ilgʻor laboratoriya jihozlari bilan yaqindan tanishish bilan bir qatorda oziq-ovqat xavfsizligi, Xitoyning ilgʻor texnologiyalari mavzularida institutning yetakchi olimlari taqdimotlari hamda mahalliy yetakchi tadbirkorlar ishtirokida uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Oʻquv kursida Armaniston, Shimoliy Makedoniya Respublikasi, Tailand, Kuba, Iroq kabi davlat vakillari bilan bir qatorda Sirdaryo viloyati rahbar kadrlari ham bevosita ishtirok etmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 21
🗣Guliston davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmoni ijrosi doirasidagi tashabbus amalga oshirildi. Mazkur Farmon ta’lim sifatini ta’minlash, ta’lim xizmatlarini takomillashtirish hamda ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini xalqaro standartlar asosida tashqi baholash tizimini joriy etishga qaratilgan.

Shuningdek, ushbu Farmonga muvofiq, Prezident Administratsiyasi huzurida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etilishi, o‘rta maxsus, kasbiy, oliy ta’lim hamda kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimlarida tashqi sifat nazorati mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan.

🥹 Shu munosabat bilan institutning Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, f.f.d (DSc) A.A. Asatulloyev tomonidan professor-o‘qituvchilar uchun seminar mashg‘uloti tashkil etildi. Unda Farmon mazmun-mohiyati, uning ijrosi bilan bog‘liq yangi talablar, tashqi baholash mexanizmlari va sifat nazoratini kuchaytirishga doir yondashuvlar batafsil tushuntirildi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 21