😇 Guliston davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va tillarni o‘qitish kafedrasi katta o‘qituvchisi, falsafa doktori (PhD) Sh. Musurmankulova tomonidan Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazining hududiy bo‘linmasida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari uchun amaliy-mahorat saboqlari muvaffaqiyatli tashkil etildi.✅ Mazkur tashabbus doirasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan ona tili va adabiyot fanining ustozlariga zamonaviy ta’lim texnologiyalari, innovatsion metodlar hamda fanlararo integratsiya asosida dars samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim amaliy ko‘nikmalar yetkazilmoqda.
🤝 Bu samarali hamkorlik nafaqat pedagoglarning kasbiy salohiyatini yanada yuksaltirishga, balki o‘quv jarayonining sifat va natijadorligini oshirishga, shuningdek, institut hamda maktablar o‘rtasidagi o‘zaro tajriba almashuvini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
💬Bizning sahifalarimiz:✅Telegram ✅Instagram ✅Youtube ✅Facebook