➡️Milliy qadriyatlar — bebaho boyligimiz.⭐️Qadriyatlar – har bir millatning ma’naviy qiyofasini namoyon etadi. Xalqimizning asrlik o‘tmishi, qadriyatlari va milliy madaniyatini aks ettiruvchi milliy liboslarimiz, milliy urf-odatlarimiz qadriyatlarimizning muhim qismi bo‘lib, butun millatning ma’naviy qiyofasini o‘zida namoyon etadi.
💖 Guliston davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Milliy qadriyatlar” tadbiri mamlakatimizda milliy liboslar targ‘ibotini kuchaytirish, yosh avlod va institutda tahsil olayotgan talaba-qizlar ongiga millat ruhiyatini singdirish, ular hayotiga o‘zbekona mentalitet me’yorlarini olib kirish hamda milliy liboslarga mehr uyg‘otishga, ularni milliy urf-odatlarimizga sodiqlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
💬Bizning sahifalarimiz:✅Telegram ✅Instagram ✅Youtube ✅Facebook