💖 Guliston davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va tillarni o‘qitish kafedrasi dotsenti D.Jabborova va R.Ubaydullayevalar tomonidan Sirdaryo viloyati pedagog kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash hududiy tarmog‘ida O‘zbek tili va adabiyoti hamda Rus tili va adabiyoti fanlarining o‘qituvchilari uchun mahorat darslari o‘tkazildi.🌁 Mazkur tashabbus doirasida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan Ona tili va adabiyot, Rus tili va adabiyoti ustozlariga zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va fanlararo integratsiya asosida dars samaradorligini oshirishga doir amaliy bilimlar berilmoqda.
✔️Ushbu hamkorlik nafaqat o‘qituvchilarning malakasini oshirish, balki ta’lim sifatini yaxshilash, institut va maktablar o‘rtasidagi tajriba almashinuvini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
💬Bizning sahifalarimiz:✅Telegram ✅Instagram ✅Youtube ✅Facebook