🗣Muhtaram Prezidentimizning 2022-yil 2-fevraldagi 112-qarorida belgilangan “Atoqli ijodkor-ziyolilar, aholi orasida yuksak hurmatga ega san’at va ijod vakillari tomonidan olis va chekka hududlar aholisi, ushbu hududlardagi ta’lim muassasalari oʻquvchilari bilan ijodiy uchrashuvlar o’tkazish” vazifasi ijrosini ta’minlash maqsadida Guliston davlat pedagogika institutida taniqli aktyor, ko’plab milliy seriallarda turli xildagi qahramonlarning rollarini mahorat bilan ijro etayotgan O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Jabbor Toshev bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o‘tdi. 🎵Aktyor talabalarga oʻz ijodi haqida gapirib, bugungi globallashuv sharoitida, ayniqsa, boʻlajak umumta’lim maktablari “Musiqa madaniyati” oʻqituvchilarini o’z kasbiga qanchalik tayyor bo’lishlarini, maktabda ta’lim sifatini bugungi kundagi davlat talablari darajasiga ko’tarishda o’z kasblarini mukammal egallashlari kerakligi haqida to’xtalib o’tdi.
➡️Uchrashuv juda samimiy va qiziqarli savol-javoblarga boy bo’ldi.
💬Bizning sahifalarimiz:✅Telegram ✅Instagram ✅Youtube ✅Facebook