Forwarded from Edu.uz
#Qabul2025 #Jarayon #Vazir
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri test jarayonlarini ko‘zdan kechirdi
14-iyuldan 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlandi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan test sinovlarining shaffof, adolatli va yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar bilan tanishdi.
14–23-iyul kunlari testda ishtirok etish uchun ruxsatnomasi shakllangan 671 397 nafar abituriyentning bilimi sinovdan o‘tkaziladi. Shuningdek, sinovlarning ochiqligini ta’minlash maqsadida 3 mingdan ortiq jamoatchilik nazoratchilari jalb etilgan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri test jarayonlarining borishini ko‘zdan kechirar ekan abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi. Talabalikka qabul asnosida eng bilimli va munosib nomzodlarni saralab olish uchun sinovning shaffof va adolatli o‘tishi muhim ekanligini ta’kidlab, mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berdi.
Eslatib o‘tamiz, har bir abituriyent imtihon kuni, vaqti hamda manzili haqidagi ma’lumotni my.uzbmb.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishi mumkin.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating