GulDPI. uz | Rasmiy
4.56K subscribers
13.1K photos
1.52K videos
51 files
4.53K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
🏆Talabalarimiz O‘zbekiston chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi!


🗣2025-yil 15-17-aprel kunlari Tuyabo‘g‘iz suv omborida sportning akademik eshkak eshish yo‘nalishi bo‘yicha U-23 o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari, Guliston davlat pedagogika instituti talabalarining ishtiroki yuksak natijalar bilan yakunlandi.

➡️Sattarova Basima quyidagi yo‘nalishlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
W1x – 1-o‘rin
W2x – 1-o‘rin
W4x – 1-o‘rin

➡️Shuningdek, Muhiddinov Bobur ham o‘zining yuqori sport mahoratini namoyish etib:
M1x – 1-o‘rin
M2x – 1-o‘rinni egalladi.


‼️Bu g‘alabalar nafaqat sportchilarimiz, balki ularni tayyorlagan ustozlar fidoyiligining, institutimizda sportga berilayotgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlash natijasidir. G‘oliblarimizni chin qalbdan muborakbod etamiz!

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏6❤‍🔥11💯1🏆1
📶“Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.


🗣Bugun, 18-aprel kuni Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida faol yoshlar ishtirokida «Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

☑️Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining Komissiya a’zolari, OAV va Guliston davlat pedagogika institutining faol yoshlari ham ishtirok etishdi.

🔵 Davra suhbati qizg’in muhokamalar va savol javoblarga boy bo’ldi. Tadbir davomida yoshlar o‘zlarining qiziqitirgan savollariga batafsil javob olishdi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍148❤‍🔥3🥰1🎉1
Forwarded from AOKA - Sirdaryo viloyati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 Mutolaa va kitob ixlosmandlari diqqatiga!

📕 Joriy yilning 21-27–aprel kunlari viloyatimiz bo‘ylab “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” o‘tkaziladi.

⚠️ Barchangizni haftalik doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlarda faol ishtirok etishga chaqiramiz! Kitobga bo‘lgan muhabbatni yanada yuksaltirishga birgalikda hissa qo‘shaylik!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🖼 Guliston davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar dars jarayonlarida milliy liboslarda ishtirok etib, o‘zbek xalqining boy tarixiy merosi va qadriyatlarini targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shmoqdalar.

🎩 Milliy liboslar xalqimizning urf-odatlari, an’analari va estetik qarashlarini mujassam etgan bo‘lib, ularni ta’lim jarayonlariga uyg‘unlashtirish orqali yoshlarda milliy g‘urur va o‘zlikni anglash tuyg‘usi yanada mustahkamlanmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
🏆Osiyo kubogida faxrli 1-o‘rin!


📶Guliston davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 20-24-guruh talabasi Nuriddinov Mirza Akram o‘g‘li Osiyo kubogi musobaqasida Oʻzbek jang sanʼati boʻyicha muvaffaqiyatga erishdi!

🏆 U +18 yosh va undan katta erkaklar o‘rtasida 55 kg vazn toifasida bellashib, o‘zining kuchi, matonati va irodasi bilan raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

➡️Bu g‘alaba nafaqat uning shaxsiy yutug‘i, balki institutimiz jamoasi uchun ham katta faxrdir.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🏆2
#kun_hikmati

➡️Bilmagan narsani bilish istagi – ilmga ochilgan eng buyuk eshikdir.


©️Abu Ali Ibn Sino (980-1037)

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1