GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.8K photos
1.45K videos
50 files
4.41K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎩 Guliston davlat pedagogika instituti jamoasi milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va yoshlar ongiga singdirish yo‘lida izchil harakat qilmoqda. Bu esa ta’lim maskanini nafaqat ilm-ma’rifat, balki milliy o‘zlikni anglash va hurmat qilish dargohiga aylantirmoqda.

✔️ Milliy liboslar xalqimizning tarixi, ma’naviyati va o‘ziga xos madaniyatini aks ettirib, talabalar qalbida vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 "Mirzo Ulug‘bek vorislari" tanlovi – Sirdaryo viloyat bosqichi!

🗓 22-aprel kuni Guliston Yoshlar Texnoparkida ilm-fan va innovatsiyaga qiziquvchi yoshlarga mo‘ljallangan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tadi!

🔬 Tanlovda viloyatimizning barcha 11 ta tuman va shaharlari bo‘yicha tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 55 nafar iste’dodli yoshlar ishtirok etadi.

🏆 Ular orasidan 20 nafari hakamlar hay’ati tomonidan saralanib, viloyat bosqichi g‘olibi sifatida Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi!

📍 Manzil: Guliston sh., Yoshlar Texnoparki binosi
Vaqt: 22-aprel, soat 10:00 dan boshlab

#MirzoUlugbekVorislari
#SirdaryoViloyati
#YoshlarTexnoparki
#Innovatsiya
#IlmFan
#YoshlarKelajagi
👍6👏2❤‍🔥1
🗣18-aprel kuni Guliston davlat pedagogika institutida “Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz” mavzusida ochiq debat tashkil etildi.

Unda ishtirokchilar Vatan taraqqiyoti, yoshlarning masʼuliyati, mavjud muammolar va ularning yechimlari haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

🔹Debat davomida quyidagi savollar atrofida fikr almashildi:
➡️Vatan kelajagi uchun qanday harakatlar qilish kerak?
➡️Yoshlar qanday rol o‘ynaydi?
➡️Muammolar va ularning yechimlari nimalardan iborat?
➡️“Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz” degan fikrga qanday dalillar keltirish mumkin?


◀️Uchrashuv talabalar ongida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, ularni faol va mas’uliyatli fuqaro bo‘lishga undashga xizmat qildi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥32👍2
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-maydagi PQ–171-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan muhim sanalar bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar kalendar rejasining 11-bandiga muvofiq, 2025-yil 15-aprel kuni respublikamizda “Ekologiyaga oid bilimlar kuni” nishonlanishi belgilangan.

🗣Shu munosabat bilan, Guliston davlat pedagogika instituti “Tabiiy fanlar” kafedrasi professor o‘qituvchilari va geografiya, biologiya, kimyo yo‘nalishi talabalari ishtirokida ekologiya va atrof-muhitni asrashga oid bilimlarni oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etildi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏3🏆2
"Anti-Corruption Hackathon 2025"ga start berildi

Joriy yilning 2-3-4 may kunlari "Yangi O‘zbekiston" universitetida “Anti-Corruption Hackathon 2025" xakatoni bo‘lib o‘tadi.

Unda ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniga ega bo'ladi.


G‘oliblar Gonkongda bo‘lib o‘tadigan Osiyo yoshlar korrupsiyaga qarshi kurashish xakatoni ("Coding4Integrity")da O‘zbekiston nomidan ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

Yo‘nalishlar:

- davlat xaridlari, sport, qurilish, moliya va sug'urta tizimlarida korrupsiyaning oldini olish;

- korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish;

- ochiq ma'lumotlar orqali korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa yondashuvlar.

Xakatonda ingliz tilini yaxshi biladigan 18-35 yoshdagi turli soha vakillari yakka yoki (3 kishilik) jamoaviy holda ishtirok etishi mumkin.

Tayyorlov vebinari: 21-aprel

Xakatonda ishtirok etish uchun 28-aprelga qadar ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tish so'raladi.
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
❤‍🔥4
🏆Talabalarimiz O‘zbekiston chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi!


🗣2025-yil 15-17-aprel kunlari Tuyabo‘g‘iz suv omborida sportning akademik eshkak eshish yo‘nalishi bo‘yicha U-23 o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari, Guliston davlat pedagogika instituti talabalarining ishtiroki yuksak natijalar bilan yakunlandi.

➡️Sattarova Basima quyidagi yo‘nalishlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
W1x – 1-o‘rin
W2x – 1-o‘rin
W4x – 1-o‘rin

➡️Shuningdek, Muhiddinov Bobur ham o‘zining yuqori sport mahoratini namoyish etib:
M1x – 1-o‘rin
M2x – 1-o‘rinni egalladi.


‼️Bu g‘alabalar nafaqat sportchilarimiz, balki ularni tayyorlagan ustozlar fidoyiligining, institutimizda sportga berilayotgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlash natijasidir. G‘oliblarimizni chin qalbdan muborakbod etamiz!

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏6❤‍🔥11💯1🏆1