🗣Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi mudiri, dotsent Y.A.Nurumbekova 2025-yil 15-aprel kuni Mirzaobod tumani 31-sonli umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurdi. ✅ Mazkur tashrif davomida bir nechta dars mashgʻulotlari tahlil qilindi. Shuningdek, oʻqituvchilar bilan suhbatlashib, ularning ish faoliyati, dars oʻtish metodikasi va oʻquvchilarni baholash tizimi bilan qiziqishdi.
🟢 “Zamonaviy taʼlim texnologiyalari va ularning taʼlim sifat va samaradorligini oshirishdagi oʻrni" mavzusida seminar mashgʻuloti tashkil etildi. Seminarda oʻqituvchilarga interaktiv usullar, loyihalar asosida oʻqitish, muammoli taʼlim, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish kabi zamonaviy pedagogik texnologiyalar haqida maʼlumotlar berildi.
💬Bizning sahifalarimiz:✅Telegram ✅Instagram ✅Youtube ✅Facebook