🗣 2025-yil 11-12-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan pedagogika oliygohlari professor-o‘qituvchilari uchun “Maktab ta’limidagi islohotlar” mavzusida trening tashkil etildi. Mazkur treningda institutning bir nechta professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
✅ Ushbu treningning asosiy maqsadi pedagogika yo‘nalishi mavjud oliygohlar professor-o‘qituvchilariga maktab ta’limiga oid islohotlarining mazmun-mohiyati bilan tanishtirishga qaratilgan.
✔️Trening yakunida ishtirokchilar maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan islohotlar haqida tasavvurga hamda bo‘lajak pedagoglarni tayyorlashga mas’ul oliy ta’lim muassasalarining vakili sifatida oliy ta’limda e’tibor berilishi kerak bo‘ladigan yondoshuvlar haqida tushunchalarga ega bo‘ldilar.
💬Bizning sahifalarimiz:✅Telegram ✅Instagram ✅Youtube ✅Facebook