GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.8K photos
1.45K videos
50 files
4.41K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
🗣Guliston davlat pedagogika instituti 1-kurs magistranti Axmedova Shaxnoza “Oʻzbekistonda nogironlar huquqlarini himoya qilishda davlat siyosatini amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Tadqiqot doirasida magistr tomonidan Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi “Jasorat” umumta’lim maktabida buyuk sarkarda Amur Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan “Amur Temur davlatida ijtimoiy himoya” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

➡️ Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir orqali o‘quvchilarda tarixiy ong va ijtimoiy himoya tizimi borasida bilim va tushunchalarni oshirishga qaratilgan mazmunli muloqotlar olib borildi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏12👍5🔥21👌1💯1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
♦️Endiyam nolishingizga sabab bormi..?


Qiyinchiliklardan shikoyat qilish o‘rniga – o‘qishga, rivojlanishga harakat qiling! Har kuni o‘z ustida ishlayotgan, hech qanday to‘siqlardan cho‘chimay, maqsad sari dadil odimlayotgan tengdoshlaringiz bor. Ularning tirishqoqligi hammamizga o‘rnak bo‘lishi kerak!

❗️Vaqtingizni qadrlang, har bir fursatdan to‘g‘ri foydalaning. Bilim – eng katta boylik. Bugungi harakatingiz ertangi muvaffaqiyatlaringizning poydevoridir!

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
🤝 Institut va maktablar o‘rtasidagi hamkorlik izchil davom etmoqda.


▶️Guliston davlat pedagogika instituti tomonidan umumta’lim maktablari bilan hamkorlikda bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun kasb tanlash, ta’lim yo‘nalishlari bilan tanishtirish va targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib borish yo‘lga qo‘yilgan.

Bugun institutga Boyovut tumanidagi bir qator maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari tashrif buyurib, institut faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

☑️Mazkur tashrif bitiruvchilarda kelajakda o‘z yo‘nalishini to‘g‘ri tanlashga xizmat qilishi bilan birga, institutga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👌1
🇺🇿 Guliston davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalari dars jarayonlarida milliy liboslarda ishtirok etmoqda.

💠 Bu kabi tashabbuslar yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, qadriyat va an’analarga hurmat bilan qarash, o‘z madaniyatiga mehr uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔸 Institutda milliy ruhni mustahkamlash, yoshlarda vatanparvarlik va tarixiy merosga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan ishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👌1
🧬 Guliston davlat pedagogika institutida ilmiy salohiyatli kadrlar tayyorlash yo‘lida izchil ishlar olib borilmoqda.


🔬 Institutning Tabiiy fanlar kafedrasi mudiri O.Yunusov tomonidan 8-24-guruh magistrantlari uchun “Immunogenetika” fanidan amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

😀Tajriba maydonida o‘tkazilgan dars jarayonida magistrantlar fanga oid nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlashdi, shuningdek, zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Bunday mashg‘ulotlar magistrantlarning ilmiy izlanish va tajriba o‘tkazish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👏2🏆1
“WORLD EDU 2025” xalqaro ta’lim forumi doirasida yangi hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.


😀 Samarqand shahrida o‘tayotgan “WORLD EDU 2025” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Guliston davlat pedagogika instituti vakillari kimyo fanini zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘qitish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishishdi.

🔬 Jumladan, kimyo fanini interaktiv multimedia vositalari hamda virtual reallik asosida o‘rgatuvchi innovatsion dasturlar taqdimoti bilan tanishildi. Mazkur yo‘nalishda istiqbolli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

✔️ Forum o‘z yakuniga yetdi. Unda erishilgan kelishuvlar va yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari ta’lim sohasida yangi imkoniyatlarni ochmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍4🏆1