GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.8K photos
1.45K videos
50 files
4.41K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Guliston davlat pedagogika institutida ingliz tili fani bo‘yicha malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan maktab ingliz tili o‘qituvchilari uchun navbatdagi seminar-trening mashg‘uloti tashkil etildi.


🔺 Tadbirda Toshkentdagi Adju universiteti professori Arshad hamda Guliston davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchisi Xilola Mamatova ishtirok etib, zamonaviy ta’lim metodikasi, innovatsion yondashuvlar va ingliz tilini o‘qitish jarayonidagi ilg‘or tajribalar yuzasidan amaliy tavsiyalar berdilar.

🖥 Seminar-trening Zoom platformasi orqali onlayn hamda institutda oflayn tarzda olib borildi. Yaqin hududlardagi maktab o‘qituvchilari bevosita institutga tashrif buyurgan bo‘lsa, uzoq masofadagi pedagoglar onlayn shaklda ishtirok etdilar.

Ushbu mashg‘ulot orqali ishtirokchilarga dars jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilarda til ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha foydali ko‘nikmalar va tajribalar yetkazildi.

Bunday treninglar o‘qituvchilarda ijobiy taassurot qoldirib, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilmoqda. Natijada ushbu tajribalar umumta’lim maktablarida dars jarayoniga tatbiq etilmoqda va o‘quvchilar bilim olishida ham samarali natijalar ko‘rsatmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥1
➡️“Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni”


⭐️Har bir xalqning madaniyati o‘ziga xos bo‘lib, tili, urf-odatlari, turmush tarzi, o‘yinlarida namoyon bo‘ladi. Maʼnaviy qadriyatlar, meʼyorlar, yutuqlarning davomiyligini saqlash juda muhim, chunki bu meros xalqning millat sifatida yashashining zaruriy shartidir.

Shu boisdan joriy yilning 11-aprel kuni Guliston davlat pedagogika institutida “Sport va milliy oʻyinlar festivali” doirasida kurash, yogʻoch oʻyinlari, tuyakashlar va boshqa anʼanaviy sport turlari boʻyicha musobaqalar tashkil etildi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👌1
🗣2025-yil 10-aprel kuni Guliston davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va tillarni o‘qitish kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Elmurod Jumaboyevich Nasrullayev tomonidan Guliston shahar Ichki ishlar bo‘limi jamoasiga “Abdulla Qodiriy – o‘zbek romanchiligining asoschisi” mavzusida ma’rifiy soat tashkil etildi.

📚 Ma’ruzada adibning o‘zbek adabiyoti va ma’naviy hayotidagi o‘rni, tarixiy roman janridagi yondashuvlari, shaxsiy hayoti va ijodiy merosiga doir qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi. Tadbir ishtirokchilari buyuk yozuvchining boy adabiy merosi bilan yaqindan tanishish, uni chuqur o‘rganish va yoshlarga yetkazish muhimligini ta’kidlashdi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👌1
🗣Guliston davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari O.Utapova va B.Turdikulovalar tomonidan umumta’lim maktablarining ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun navbatdagi seminar-trening mashg‘uloti tashkil etildi.

Ushbu amaliy uchrashuv maktab va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi samarali hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤‍🔥1👌1
🗣Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika yo‘nalishi 1-bosqich magistranti Nurmamatova Mohinur tomonidan milliylikni ommalashtirish va kitobxonlikka kuchli jalb qilish borasida   ishlar olib borilmoqda.

➡️Mazkur ishlar doirasida magistrant tomonidan Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani 55-umumta’lim maktabida 3 sinflar o'rtasida milliylikni oshirish va  ilmiy tadqiqot doirasida  “Booktreller texnologiyasi asosida boshlang'ich sinflarga tarbiya  fanini oʻqitish metodikasi”  dars mashg'ulotlari olib borildi.

↪️Tadbir davomida o‘quvchilarga milliy vatanparvarlik va kitobga boʻlgan mehrni kuchaytirish kitobxon shijoati  haqida tushunchalar berildi. O‘quvchilar faol ishtirok etgan ushbu dars jarayoni ilmiy-amaliy jihatdan ham samarali bo‘ldi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram       Instagram
Youtube         Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥8👏6👍322🤩1
Forwarded from Edu.uz
#muhandislik_oyligi #kelajak_muhandislari

🔻3D modellashtirish” tanlovida qatnashish uchun arizalar qabuli yopilmoqda!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan “Muhandislik oyligi” doirasida 15–16-aprel kunlari “3D modellashtirish” yo‘nalishida tanlovga arizalar qabuli bugun, 11-aprel kuni soat 18.00da yopiladi.

Eslatib o‘tamiz, tanlov ikki bosqichda o‘tkazilib, g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
🥇1-o‘rin: noutbuk 💻
🥈2-o‘rin: 3D printer 🖨
🥉3-o‘rin: planshet. 💻

❗️ Rasmiy sayt orqali ro‘yxatdan o‘tmaganlarga ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.

👉Ro‘yxatdan o‘tish

📍 Manzil: Toshkent arxitektura-qurilish instituti
🗓 Sana: 15–16-aprel
🕖 Soat: 9:00

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️Guliston davlat pedagogika institutida yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, madaniyat va anʼanalarni qadrlash ruhida tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

🇺🇿 Dars jarayonlarida talabalar tomonidan milliy liboslarda ishtirok etilishi ana shu ezgu maqsad yo‘lida olib borilayotgan amaliy ishlarning yaqqol ifodasidir. Milliy kiyimlar o‘zbek xalqining boy tarixiy merosi, estetik didi va madaniy yuksakligini namoyon etadi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👌3👍1
Forwarded from Edu.uz
#mahorat_darsi

🏆 “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida mahorat darslariga taklif qilamiz!


2025-yil 15-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida muhandislik va innovatsiya bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tadi!

🎓 Muhandislik sohasidagi yetuk professorlar ilmiy ishlanmalarini taqdim etib, innovatsion texnologiyalar va muhandislik sirlarini o‘rtoqlashadilar!

📌Mahorat darslari yo‘nalishlari:
MuhandisD – sohadagi eng yangi kashfiyotlar!
🔥 Qiziqarli kimyo – muhandislikning kelajagi!
🚀 Astronomiya – nazariya va amaliyot bir joyda!

📍 Manzil: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, amfiteatri
📆 Sana: 2025-yil 15-aprel
Soat: 10:00

📢 Qo‘shimcha ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: [ https://muhandis.milliyofis.uz/#directions ]

Muhandislik bilimlaringizni mustahkamlash va yangi imkoniyatlar eshigini ochish uchun biz bilan birga bo‘ling!

KELAJAK MUHANDISLARI Xalqaro festivali

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍2