➡️Guliston davlat pedagogika institutida muntazam o‘tkazib kelinayotgan “Ma’rifat soati” darslari davom etmoqda. Unda talabalarga mavzuga oid muhim ma’lumotlar berilib, ular bilan ochiq muloqotlar tashkil qilinmoqda. Navbatdagi “Ma’rifat soati” darsida institut Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori
Jamoliddin Komilov ishtirok etdi hamda talabalarga dolzarb mavzularda ma’ruzalar o‘qib, ular bilan fikr almashdi.
⭐️Mazkur darslarda yoshlarga milliy qadriyatlar, vatanparvarlik, ma’naviy poklik va zamonaviy tafakkur asoslari singdirilib, ularning intellektual va ma’naviy salohiyati mustahkamlanmoqda.
💬Bizning sahifalarimiz:✅Telegram ✅Instagram ✅Youtube ✅Facebook