🗣Guliston davlat pedagogika institutiga biriktirilgan S
ayhunobod tumani 2-son politexnikumi bitiruvchi o‘quvchilar institutga tashrif buyurib, oliygoh hayoti bilan yaqindan tanishdilar. Institut hududida sayr qilishdi, o‘quv binolari, kutubxona, laboratoriyalar va boshqa zamonaviy sharoitlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
💠Tashrif davomida ularga institutda mavjud fakultet va yo‘nalishlar, ta’lim jarayoni, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
➡️ Samimiy uchrashuv va ochiq muloqotlar esa o‘quvchilarda oliy ta’limga bo‘lgan ishonch va intilishni kuchaytirdi. Guliston davlat pedagogika instituti kelajak avlod uchun ochiq eshiklar makoni bo‘lib qolaveradi!💬Bizning sahifalarimiz:✅Telegram ✅Instagram ✅Youtube ✅Facebook