GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.8K photos
1.45K videos
50 files
4.41K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#GulDPI
#Yoshlarittifoqi
📚 Eng yaxshi sovgʻa bu – kitob!


📖 Kitob mutolaasini targ‘ib qilish hamda yosh avlodni ilm-ma’rifatga oshno etishdek ezgu tashabbusga Guliston davlat pedagogika instituti Boshlang'ich tashkiloti yetakchisi Asadbek Dehqonovham o'z hissasini qo'shgan xolda o'zi ta'lim olgan Guliston tumani 7- umumta'lim maktabiga tashrif buyurib, o‘quvchilarga qimmatli kitoblarni tuhfa etdi.

📚Tashrif davomida faqatgina kitob tuhfa etish bilan cheklanib qolmay o'quvchilarga Guliston davlat pedagogika institutida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma'lumotlar berildi. o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


🔰Bizning sahifamiz:
Telagram Instagram
👍72❤‍🔥1
🗣 Hurmatli talabalar!

☄️ “Talaba – yugur” ko‘ngillilar yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi!


🌐 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi hamda Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi hamkorligida talabalar o‘rtasida “Talaba – yugur” sport musobaqasi tashkil etilmoqda.

➡️Ushbu musobaqaning asosiy maqsadi yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, ularning jismoniy faolligini oshirish va doimiy sport bilan shug‘ullanishga undashdir.

➡️Sana: 5-aprel, 2025
➡️Vaqt: 07:30
➡️Manzil: Markaziy istirohat bogʻi
➡️Murojaat uchun: +998903121406

🔥Barcha talabalarni mazkur musobaqada faol ishtirok etishga chorlaymiz! Bu nafaqat sizning sog‘lig‘ingiz uchun foydali, balki sportga bo‘lgan qiziqishingizni yanada oshirishga xizmat qiladi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🏆1
Forwarded from Edu.uz
#grant #magistratura

Yaponiyada magistratura uchun GRANT!


🛰“Oʻzbekkosmos” agentligi va Kyushu texnologiya instituti (Yaponiya) hamkorlikda yosh mutaxassislar uchun toʻliq grant asosida magistratura dasturini e’lon qiladi. Ushbu dastur doirasida sun’iy yo‘ldosh yaratish va orbitaga chiqarish bo‘yicha chuqur bilim olasiz hamda aerokosmik sohada istiqbolli ish bilan ta’minlanasiz.

🔹 Grant nimani qamrab oladi?

✔️ To‘liq o‘qish xarajatlari
☑️ Amaliyot va tadqiqot ishlari
☑️ Aerokosmik sohaga yo‘naltirilgan maxsus tayyorgarlik
✔️ Istiqbolli ish imkoniyati

*️⃣ Talablar:
◀️ 35 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari
◀️ Aniq fanlar yoki texnika yo‘nalishida bakalavr diplomi
▶️ IELTS 6.5+
▶️ 800 so‘zdan oshmagan motivatsion xat
◀️ Maxsus anketani to‘ldirish

📢 Ariza topshirish bosqichlari:
1️⃣ training.cmspace.uz sahifasiga kiring va anketani to‘ldiring
2️⃣ “Ariza qoldirish” tugmasi orqali ma’lumotlaringizni to‘ldiring
3️⃣ “Kategoriya tanlang” bo‘limidan “Kyushu Institute of Technology”ni tanlang
4️⃣ Hujjatlaringizni RAR (ZIP) formatida yuklang

🚀 Kelajagingizni aerokosmik sohada qurish imkoniyatini boy bermang!

🛫 Yaponiyada grant asosida o‘qib, kelajak texnologiyalarini yarating!

📅 Arizalar qabul qilish muddati cheklangan! Hoziroq hujjat topshiring!

❗️Qo‘shimcha ma’lumot uchun: training.cmspace.uz

🌐Aloqa uchun: +998916934394

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”ga start berildi

Mazkur tashabbus davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida Korrupsiyaga qarshi kurshish agentligi hamda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Oylik doirasida:

— Agentlik va Partiya Markaziy apparati xodimlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiya aʼzolari ishtirokida xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari va partiyaning hududiy tashkilotlari faollari uchun “Korrupsiya va komplayens nazorat” mavzusida o‘quv kurslari;

— Mahalla fuqarolar yig‘inlari, korxona va tashkilotlarda “Aholining korrupsiyaga qarshi kurashishda faolligini oshirish — qonun ustuvorligi garovi” mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari;

— Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarda “Taʼlim sohasida korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish — vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishdir” mavzusida chora-tadbirlar;

— Oliy taʼlim muassasalari, texnikum, kollejlar va litseylarda “Bo‘lajak kadrlarni halollik vaksinasi bilan emlash — davr talabi” mavzusida uchrashuvlar;

— Sog‘liqni saqlash muassasalarida “Sog‘liqni saqlash tizimini “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish — ustuvor vazifamiz!” mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazish maqsad qilingan.

Barchani ushbu oylikda faol ishtirok etishga chaqiramiz!
——————
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
👍5
Forwarded from Edu.uz
Diqqat Xushxabar!


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi aprelni “Muhandislik oyligi” deb e’lon qilishi munosabati bilan Muhandislik sohasida e’lon qilingan tanlovning arizalar qabuli 10-aprelga qadar uzaytirildi!

Eslatib o‘tamiz tanlov “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tadi.

Tanlov ushbu yo‘nalishlarda quyidagi 3 ta kategoriya o‘rtasida o‘tkaziladi:

1️⃣
40 yoshdan oshmagan professor-o‘qituvchilar;
2️⃣
talabalar;
3️⃣
amaliyotchi muhandislar.

Har bir ishtirokchi tanlovning faqatgina bir yo‘nalishida ishtirok etishi mumkin.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin egalariga: elektromobil (9 ta):
🥈2-o‘rin uchun: xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi;
🥉3-o‘rin uchun: pul mukofotlari.

Tanlovda qatnashing va 9 ta elektromobildan biriga ega bo‘ling!


🗓 Tanlovga arizalar joriy yilning 10-aprel kuniga qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi.

📋 TANLOV NIZOMI

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 555200808 (357), 900650509.


Muhandislar safiga qo‘shiling va o‘z kelajagingiz me’moriga aylaning!


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#kun_hikmati

➡️Donolik – ilm bilan, ilm esa sabr bilan topiladi.


©️ Abu Nasr Farobiy (873-951)

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
📚 Kitob – bilim manbai, kelajak sari yo‘l!


🗣Guliston davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti dekani Sh.Norqulov Guliston shahridagi 10-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, o‘quvchilarga qimmatli kitoblar jamlanmasini tuhfa etdi.

📊 Ushbu ezgu tashabbus yosh avlodning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning intellektual va ma’naviy rivojlanishiga xizmat qilish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish maqsadida amalga oshirildi.

📖 Kitob insonni fikrlashga, izlanishga va doimiy o‘sishga undaydi. Ayniqsa, yoshlik chog‘ida o‘qilgan har bir kitob inson dunyoqarashini shakllantiradi, unga yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Shu bois, bilim va ma’rifat yo‘lida bunday xayrli tashabbuslarning ahamiyati beqiyosdir.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
➡️Guliston davlat pedagogika instituti eshiklari maktab bitiruvchilari uchun doim ochiq!

📌 Boyovut tumani 40-maktab bitiruvchilari “Ochiq eshiklar kuni” doirasida Guliston davlat pedagogika institutiga tashrif buyurib, oliygoh hayoti, ta’lim yo‘nalishlari va yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.

◀️ Institut mas’ullari va professor-o‘qituvchilari o‘quvchilarga ta’lim jarayoni, talabalik hayoti hamda kelajakdagi istiqbollar haqida ma’lumot berishdi. Bu tashrif yoshlarning to‘g‘ri kasb tanlashiga va kelajak rejalari ustida aniq qaror qabul qilishiga ko‘mak beradi.

🎓 Hurmatli maktab bitiruvchilari! Sizni ham Guliston davlat pedagogika institutida kutib qolamiz!

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👌2
Guliston davlat pedagogika instituti talabalarining ijara xonadonlarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.


💠 Institut mas’ullari talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida ijara xonadonlariga tashrif buyurishmoqda. Uchrashuvlar davomida talabalar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning turar joy sharoitlari, xavfsizlik masalalari va mavjud muammolari o‘rganilmoqda.

📌 Ushbu jarayon talabalarning qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini ta’minlash, ularga har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatish maqsadida amalga oshirilmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3👍2