✔️Guliston davlat pedagogika instituti Sirdaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasining 7-bandi ijrosini ta’minlash doirasida muhim tashabbusni amalga oshirdi.
◀️Hududdagi jinoyatchilik, oilaviy ajrimlar, notinch va noqobil oilalar soni ko‘p bo‘lgan mahallalarda yashovchi yoshlarning ma’naviy tarbiyasini mustahkamlash maqsadida
Guliston shahar 2-maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Mening oilam” va “Mening orzum” mavzularida insholar ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.☑️Mazkur tanlov o‘quvchilarning oilaga bo‘lgan munosabatini shakllantirish, orzu va intilishlarini rag‘batlantirish, ularni ijtimoiy muhitda faollikka undashga xizmat qildi. Yoshlarning ta’sirchan va mazmunli fikrlari hakamlar hay’ati tomonidan e’tirof etilib, eng yaxshi insholar mualliflari munosib taqdirlandi.
💬Bizning sahifalarimiz:✅Telegram ✅Instagram ✅Youtube ✅Facebook