GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.8K photos
1.45K videos
50 files
4.41K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


“Ilhom” mukofoti sovrindoriga aylanmoqchimisiz?

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi va hamkor tashkilotlar tomonidan “Ilhom” mukofoti tanlovi o‘tkaziladi.

✍️“Ilhom” mukofoti shoirlar va yozuvchilarning hayoti hamda ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi sohalarda eng yuqori natijalarga erishgan yoshlarga beriladi.

📜 Tanlov oliy ta’lim muassasasi miqyosida test savollari orqali dastlabki saralash bosqichi hamda asosiy respublika (ilmiy-ijodiy natijalar va yutuqlar) bosqichlaridan iborat.
‼️Shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodi asosida kino, sahna asarlari yaratgan, adiblar hayoti va ijodi haqida ilmiy tadqiqotlar olib borgan yoshlarga rektorning taqdimnomasi bilan test sinovlarisiz ishtirok etish imkoniyati mavjud!


Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan maxsus diplom, statuetka va quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
➡️1-o‘rin — BHMning 100 barobari;
➡️2-o‘rin — BHMning 80 barobari;
➡️3-o‘rin — BHMning 40 barobari.

Tanlovda ishtirok etish istagidagi yoshlar joriy yilning 5-aprel kuniga qadar oliy ta’lim tashkilotining yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullariga ariza bilan murojaat qiling!

Ishtirok eting, ilmiy-ijodiy bilimlaringizni sinab ko‘ring!

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
✔️Guliston davlat pedagogika instituti Sirdaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasining 7-bandi ijrosini ta’minlash doirasida muhim tashabbusni amalga oshirdi.

◀️Hududdagi jinoyatchilik, oilaviy ajrimlar, notinch va noqobil oilalar soni ko‘p bo‘lgan mahallalarda yashovchi yoshlarning ma’naviy tarbiyasini mustahkamlash maqsadida Guliston shahar 2-maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Mening oilam” va “Mening orzum” mavzularida insholar ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

☑️Mazkur tanlov o‘quvchilarning oilaga bo‘lgan munosabatini shakllantirish, orzu va intilishlarini rag‘batlantirish, ularni ijtimoiy muhitda faollikka undashga xizmat qildi. Yoshlarning ta’sirchan va mazmunli fikrlari hakamlar hay’ati tomonidan e’tirof etilib, eng yaxshi insholar mualliflari munosib taqdirlandi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JadidlarMerosi

“Abdulla Qodiriy uy-muzeyi” – jadidlar xotirasining abadiylashtirilgan maskani

Qatag‘on qurbonlari va jadidlar harakatining buyuk namoyandalaridan biri bo‘lgan Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodini keng yoritish maqsadida tashkil etilgan “Abdulla Qodiriy uy-muzeyi” o‘zbek madaniyati va tarixining bebaho yodgorliklaridan biri hisoblanadi.

Muzeyda yozuvchining shaxsiy buyumlari, noyob qo‘lyozmalari hamda jadidchilik harakatiga oid tarixiy hujjatlar namoyish etiladi.

📽 Ushbu videolavhada siz muzeyning muhim jihatlari va eksponatlari bilan tanishishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍2👏2
🗣Huquqbuzarlikni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.


🛡 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Ichki ishlar vazirliklarining 2025-yil 8-martdagi “Ichki ishlar organlari hududiy bo‘limlari rahbarlarini oliy ta’lim tashkilotlariga biriktirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Guliston davlat pedagogika institutida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

🔺Guliston davlat pedagogika instituti rektori J.Karshibayev, Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — Tezkor-qidiruv xizmati boshligʻi podpolkovnik F.O‘ktamjonov ishtirokida institut rahbariyati va talaba-yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

✔️ Uchrashuvda talaba yoshlarni terrorizm, radikalizm, psixotrop va giyohvand moddalar ta’siridan saqlash, kiberxavfsizlik bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏5🔥21
📖Guliston davlat pedagogika institutida kitobxonlik targ‘iboti bo‘yicha suhbat tashkil etildi.

🗣 27-mart kuni Guliston davlat pedagogika institutida talabalar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish va ilmga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirish maqsadida suhbat tashkil etildi.

📚 Suhbat davomida kitobning inson ma’naviyati va tafakkurini shakllantirishdagi o‘rni, mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga ta’siri haqida fikr almashildi. Talabalar o‘zlarining sevimli asarlari haqida so‘z yuritib, kitob mutolaasi orqali erishgan natijalari bilan bo‘lishishdi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1👌1