⭐️Navro‘z – nafaqat milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, balki sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bayramidir! Shu munosabat bilan institutimizda basketbol, voleybol va boshqa sport musobaqalari qizg‘in davom etmoqda.🏀 Talabalar sport maydonlarida o‘z mahoratlarini namoyon etib, jamoaviy birdamlik, fidoyilik va g‘alabaga bo‘lgan ishonchni his qilmoqdalar. Bu musobaqalar yoshlarni jismonan chiniqtirish, ularning do‘stona muhitda bellashishiga imkon yaratish va sportga bo‘lgan mehrini yanada oshirishga xizmat qiladi.
☀️Milliy qadriyatlar va sport uyg‘unligida o‘tayotgan bu bahoriy kunlar barcha uchun quvonch ulashsin!
💬Bizning sahifalarimiz:✅Telegram ✅Instagram ✅Youtube ✅Facebook