GulDPI. uz | Rasmiy
4.59K subscribers
12.5K photos
1.41K videos
49 files
4.26K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
🎥 Hujjatli, badiiy filmlar namoyishi.

▶️Bugun Guliston davlat pedagogika institutida Milliy qadriyatlar oyligi doirasida “Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi” shiori ostida talaba-yoshlar ishtirokida milliy madaniyat va qadriyatlarni aks ettiruvchi hujjatli, badiiy filmlar namoyishi tashkil etildi.

💠San’at millat, elat yoki til tanlamaydi. U tomoshabinni o‘ziga maftun eta olish, ortidan ergashtirish xususiyatiga ega kuch. Xalqni ruhlantirish, vatanparvarlik hissini kuchaytirish, ozodlik va hurlik uchun kurashish kabi g‘oyalar singdirilgan filmlar hamma davrlar uchun birdek ahamiyatli, qadrli.

◀️Shu boisdan institut madaniyat saroyida Zulfiqor Musoqov tomonidan ishlangan “Vatan” kinofilmi namoyish etildi. Kino so‘nggida talabalar o‘zaro fikr almashishdi.

❗️Shuni alohida qayd etish lozimki, kinoda ilgari surilgan g‘oya orqali talabalardagi Vatanga sadoqat, o‘zaro mehr-oqibat, yuksak mas’uliyat, bag‘rikenglik, sog‘lom dunyoqarash, shukronalik, vatan taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini rivojlantirishga erishiladi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Joriy yilning 20-fevral kuni Guliston davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

📊Oila jamiyatning eng ko‘hna va muhim institutlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda oila-nikoh instituti mustahkamligi va farovonligini taʼminlash, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilish, sog‘lom, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash hamisha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lib kelgan.

➡️Tarbiya – oiladan boshlanadi. Biz bunda sog‘lom, yetuk, komillik sari intiladigan oilani nazarda tutamiz. Oila qancha sog‘lom bo‘lsa, jamiyat ham shunga mutanosib bo‘ladi.

Ushbu tadbirda Guliston shahar FHDYo bo‘lim mudirasi N.T. Normatova, Nuroniylar jamg‘armasi Buvijonlar maktabi rahbari Sh.Saidova, Otinoyi M. Yo‘ldosheva, “Buyuk kelajak” MFY Xotin-qizlar faoli B.F.Eshmamatovalar qatnashdilar.

▶️Davra suhbati mazmunga boy tarzda oʻtkazildi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga yetarlicha javob olishdi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣“Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalari tarqalishining oldini olish” oyligi davom etmoqda.

Bugun Guliston davlat pedagogika institutida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalari tarqalishining oldini olish” oyligi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

➡️Tadbirda Sirdaryo viloyati IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, mayor A.Bekmurodov, Guliston shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Azimov va institut rahbariyati o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM