Zuhriddin FOZILOV | Education
142 subscribers
2.01K photos
542 videos
161 files
1.77K links
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.

Informatika va axborot texnologiyalari fani õqituvchisi. 2-toifa.

Tel: +99890-110-91-61

Murojaat: t.me/fozilovblog_bot
Download Telegram
⚡️⚡️Jiddiy mavzu. Apple Store, Play Store orqali ilovalar ko'chirishda e'tiborliroq bo'ling.

Fleeceware
degan tushuncha bor bu - shunday ilovalar turkumiki, bunda siz biror vaqtinchalik bepul ilovani bepul deb o'ylab ko'chirib olasiz, keyin bepul vaqti tugagandan so'ng pul to'la deydi, siz to'lamasdan ilovani o'chirib tashlaysiz, odatda ilova o'chib siz bu haqida esingizdan chiqarishingiz kerak, lekin o'chgan ilova sizdan pul yechadi😱.

Ilovani kodi shunaqa yozilgan. Bu hakerlik ham emas, shuning uchun Play Market kabi bozorlar ularni bloklamaydi. Ilovada bu aks etib ketadi, lekin hech kim o'qimaydi buni.

Bu ko'rinishdagi ilovalar asosan, video-audio montaj qiladigan, QR kodlar bilan ishlaydigan, har xil kalkulyatorlarda uchragan.

O'tgan yili Play Marketda shunday ilovalar 600 million marotaba ko'chirib olingan. Sophos nomli axborot xavfsizlik kompaniyasinig aniqlashicha hozirda bunday ilovalar Apple App Store'da ko'paygan. Hozirgacha App Store'dan 3,5 mln marotaba bunday ilovalar ko'chirilgan. Shunday ekan Marketlardan biror nima ko'chirishda hushyor bo'lib, kommentariyalarni o'qing u ilova haqida ma'lumot to'plang, so'ng toza bo'lsa ko'chirib oling.

P.S. Iloji boricha to'liq bepul ilovalardan foydalaning, Fleeceware'lar o'ljasiga tushib qolmang.
Yana yaxshi variant Google'ga visa, master card xullas, valyuta kartangizni bog'lamang, kerak bo'lib qolsa, bir marotaba bog'lab to'lov qilib so'ng o'chirib tashlang.
#google #apple

Connection to the channel
🗣 t.me/fozilovblog