Zuhriddin FOZILOV | IT-Education
187 subscribers
2.03K photos
542 videos
165 files
1.77K links
🎓 Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.

Informatika va axborot texnologiyalari fani õqituvchisi. 2-toifa. Surxondaryo viloyati, Denov tumani.

Tel: +99890-110-91-61

Murojaat: t.me/fozilovblog_bot
Download Telegram
#hujjat

Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati


📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hujjat

Davlat fuqarolik xizmatchilariga quyidagi malaka darajalari beriladi:


Oliy darajali maslahatchi;
1-darajali maslahatchi;
2-darajali maslahatchi;
3-darajali maslahatchi;
1-darajali xizmatchi;
2-darajali xizmatchi;
3-darajali xizmatchi;
4-darajali xizmatchi;
5-darajali xizmatchi;
6-darajali xizmatchi.

Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun malaka darajasida bo‘lish muddati quyidagicha belgilanadi:

6-darajali xizmatchi - ikki yil;
5-darajali xizmatchi -uch yil;
4-darajali xizmatchi -uch yil;
3-darajali xizmatchi -to‘rt yil;
2-darajali xizmatchi - to‘rt yil.
"1-darajali xizmatchi" va undan yuqori malaka darajalarida bo‘lish muddati belgilanmaydi.

Davlat fuqarolik xizmatchilariga malaka darajalari, qoida tariqasida, izchil tartibda oliy ma’lumotga va muayyan ish stajiga, malaka oshirganligi to‘g‘risidagi sertifikatga, malaka komissiyasining ijobiy xulosasiga ega bo‘lgan taqdirda beriladi. Bunda davlat fuqarolik xizmatchisining egallab turgan lavozimi yoki unga oldingi ish joyida berilgan maxsus unvoni (martaba va malaka darajasi) inobatga olinadi.

Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan davlat fuqarolik xizmatchilariga malaka komissiyasi qaroriga asosan "6-, 5-malaka darajalari" berilishi mumkin.

Davlat fuqarolik xizmatchilarining malaka darajalari uchun qo‘shimcha to‘lov miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hujjat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni qabul qilindi

Farmonga videosharh

📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sertifikat

Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan "Davlat fuqarolik xizmatchisining etikasi" nomli 18 soatlik masofaviy oʻquv kursida ishtirok etdi.

📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#sertifikat

Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan "Iqtisodiy bilim asoslari" nomli 16 soatlik masofaviy oʻquv kursida ishtirok etdi.

📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#hujjat

Informatika oʻqituvchilari 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab 1-3-sinflar bilan ham dars jarayonlarini olib borish imkoniyatiga ega boʻladilar

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun 2025-2026-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejaga asosan:

“Informatika va axborot texnologiyalari” fani 1-2-3-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani oʻquvchilarning mantiqiy va tizimli fikrlashini rivojlantirishga qaratilganligi sababli mazkur fan boshlangʻich sinf oʻqituvchilari va 5-11-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani oʻqituvchilari tomonidan oʻqitiladi.

Bunda, ushbu fan dars soatlari umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 3271) 15-bandida belgilangan koʻrsatkichlar ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.

Bu quyidagi afzalliklarni keltirib chiqarishi mumkin:

Erta yoshda informatika ta’limini boshlash: Kichik sinf oʻquvchilari informatika va axborot texnologiyalari asoslarini oʻrganishni boshlaydilar, bu ularning raqamli savodxonligini erta rivojlantiradi.

Oʻqituvchilarning ish sohasini kengaytirish: Informatika oʻqituvchilari oʻz tajribalarini kichik yoshdagi oʻquvchilarga moslashtirib, koʻproq sinflarda dars berish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Ta’limning uzluksizligi: 5-11-sinflarda dars berayotgan oʻqituvchilar endi 1-3-sinflarda ham dars berishi orqali oʻquv dasturining uzluksiz va sifatli amalga oshirilishiga hissa qoʻshadi.

Bolalarning texnologik koʻnikmalarini rivojlantirish: Yosh oʻquvchilar zamonaviy texnologiyalar bilan tanishib, kelajakda murakkabroq informatika bilimlariga tayyorlanadi.


📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Sentyabrdan boshlab xorijiy til sertifikati yo‘q chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi qarori bilan, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 sertifikatiga ega bo‘lishi shartligi belgilab qo‘yilgan edi.

Ammo pedagoglar va jamoatchilik vakillarining murojaatlari sababli qaror ijrosi bir yilga uzaytirilgan. Ya'ni 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab kuchga kiradi.

Ushbu talab barcha umumiy-o‘rta, o‘rta-maxsus va professional taʼlim muassasalari uchun amal qiladi. Bunda faqatgina ingliz tili emas, balki barcha xorijiy tillar qamrab olinadi (2-xorijiy til ustozlari mustasno).

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi yangi talab haqida pedagoglarga bir necha marta rasmiy eslatmalar bergan.

📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hujjat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon
imzolandi.

Farmonga asosan, endilikda Prezident Administratsiyasi faoliyatida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilandi. Bular — ta’lim, biznes, sud-huquq tizimi, tibbiyot va suv resurslari masalalaridir.

📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zuhriddin FOZILOV | IT-Education
#hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon imzolandi. Farmonga asosan, endilikda Prezident Administratsiyasi…
#hujjat

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) faoliyati tugatilib, uning asosida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda.

Davlat idoralarining jamoatchilik oldidagi hisobdorligi oshirilmoqda. Matbuot kotiblari instituti yanada mustahkamlanadi, aholi bilan kommunikatsiya qilish va ommaviy axborot vositalari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etilmoqda.

📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли фармони билан:

Хилола Уктамовна Умарова Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбарининг таълимни ислоҳ қилиш бўйича ўринбосари лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси мактабгача ва мактаб таълими вазири лавозимидан озод этилди;

Тамила Анваровна Алиева Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбарининг тиббиётни ислоҳ қилиш бўйича ўринбосари лавозимига тайинланди;

Тимур Нурйигитович Бутунбаев Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбарининг сув таъминоти тизимини ислоҳ қилиш бўйича ўринбосари лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси сув хўжалиги вазирининг биринчи ўринбосари лавозимидан озод этилди;

Нодира Жалаловна Хакимова Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбарининг суд тизимини ислоҳ қилиш бўйича ўринбосари лавозимига тайинланди;

Шерзод Фарход ўғли Озодзода Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбарининг тадбиркорлик лойиҳалари бўйича ўринбосари лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси иқтисодиёт ва тадбиркорлик соҳасида муҳим ташаббусларни ишлаб чиқиш бошқармаси бошлиғи лавозимидан озод этилди;

Дилноза Мурадовна Зиямухамедова Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбари котибияти мудири лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси Президентининг ёрдамчиси котибияти мудири лавозимидан озод этилди.

Facebook|Instagram|X