Zuhriddin FOZILOV | IT-Education
181 subscribers
2.03K photos
542 videos
165 files
1.77K links
🎓 Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.

Informatika va axborot texnologiyalari fani õqituvchisi. 2-toifa. Surxondaryo viloyati, Denov tumani.

Tel: +99890-110-91-61

Murojaat: t.me/fozilovblog_bot
Download Telegram
🤩 “Ustoz AI” loyihasi: Bilim olishga yangi qadam.

2 milliondan ortiq yoshlarimizga zamonaviy kasblar va fanlarni bepul o‘rgatishni maqsad qilgan “Ustoz AI” loyihasining keng qamrovli taqdimoti muhtasham Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tdi.

📰Tadbirning ochilishi marosimida Agentlik direktori Alisher Sa’dullayev ushbu loyiha yoshlarni bilimli va malakali mutaxassis bo‘lishida, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashida kuchli asos bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.


“Ustoz AI” loyihasi doirasida 20 ga yaqin sohalarni qamrab oluvchi 350 dan ortiq videodarsliklar yaratildi. Bugungi kungacha 70 mingdan ortiq yosh loyiha doirasida bepul bilim olishni boshlashdi. Bu raqamlarning kun sayin oshib borishi esa loyihaning yoshlar orasida ommalashib borayotganini ko‘rsatadi.

Shuningdek, tadbir davomida Yoshlar ishlari agentligi va Turonbank aksiyadorlik tijorat banki o‘rtasida o‘zaro samarali hamkorlikni kengaytirish hamda mustahkamlash maqsadida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

📹 Bepul darslarni YouTube sahifasida va yangiliklarni @ustozai telegram sahifasida kuzatib borishingiz mumkin!

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Талабаларим олдида уялиб қолмаслик учун тил ўргандим” – 67 ёшида инглиз тилидан B2 даражасини олган отахон

Абдуғофур Ҳотамов ТАТУнинг Самарқанд филиалида дарс беради. У 10 ой давомида ўқиб, инглиз тилидан B2 сертификатини олган. “Кўплаб ахборот технологияларига алоқадор терминлар инглиз тилида, талабаларнинг олдида уялиб қолмаслик учун инглиз тили курсига қатнай бошладим”, - дейди у Kun.uz’га берган интервюсида. Абдуғофур ота кунига 2-3 соат инглиз тили билан мустақил шуғулланганини айтади.

📹 ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
Forwarded from KESHNEWS
Kitob tumanida bir sinfdagi 96 foiz o'quvchilar OTM talabasi bo'ldi

Kitob tumanidagi chekka tog‘li hududda joylashgan 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabning oliy toifali matematika fani o‘qituvchisi Parvoz Elmirzayev sinf rahbarlik qilgan va matematikadan saboq bergan 23 nafar o‘quvchilarning 22 (96 %) nafari OTM talabasi bo‘ldi.

Quvonarlisi shundaki, talaba bo‘lgan bitiruvchilarning 12 (55%) nafari matematika o‘qituvchisi kasbini tanlagan.

Shuningdek, boshqa maktablardan tayyorgarlik ko‘rgan o‘quvchilari ham talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan. Bu Respublika bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘ladi.

Eslatib o'tamiz, o‘tgan o‘quv yilida mazkur maktab bitiruvchilarining 42 foizi OTM talabalari bo‘lgan edi, mazkur o‘quv yilida 66 foiz ko‘rsatkichga erishdi.

@keshnews
Uy ta'limi o'quv rejasi.pdf
1.2 MB
UY TALIMI UCHUN O'QUV REJA TASDIQLANDI.

MMTV ning 2024-yil 13-avgust kungi 256-sonli buyrug'i

@fozilovblog
⚡️Maktablarda Kasbiy ta’lim ustasi lavozimi joriy etildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 06.08.2024-yildagi 244-sonli buyrugʻi bilan umumta’lim muassasalari hamda “Mehribonlik” uylari boshqaruv, texnik, xizmat ko’rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga qo'shimcha kiritildi.

Unga ko‘ra o‘quvchilarga kasb-hunarga o'qitish yo‘lga qo‘yiladigan maktablarda Kasbiy ta’lim ustasi lavozimi 1,0 shtat birlikdan kiritiladi.

Bunda, o’quvchilarga kasb-hunarga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladigan maktablar ro‘yxati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

@fozilovblog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📉Surxondaryoda III "Ustozlar milliy forumi" o‘tkazildi

🔼"Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi" shiori ostidagi an'anaviy III "Ustozlar milliy forumi" Termiz shahridagi muhtasham San’at saroyida bo‘lib o‘tdi.


🎤Jarayonlar "O‘zbekiston 24" telekanali nigohida.

#Ustozlarforumi #taqdirlash #seminar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Denov tumanida III "Ustozlar milliy forumi" yuqori saviyada tashkil etildi

Seminar-treninglarda o‘qituvchilarning bilim-ko‘nikmalari oshirildi va tizimda faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh ustozlar munosib rag‘batlantirildi.

t.me/fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Denov tumanida III "Ustozlar milliy forumi" yuqori saviyada tashkil etildi

Seminar-treninglarda o‘qituvchilarning bilim-ko‘nikmalari oshirildi va tizimda faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh ustozlar munosib rag‘batlantirildi.


t.me/fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM