Zuhriddin FOZILOV, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.
155 subscribers
1.99K photos
538 videos
156 files
1.76K links
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.

Informatika va axborot texnologiyalari fani õqituvchisi. 2-toifa.

Tel: +99890-110-91-61

Murojaat: t.me/fozilovblog_bot
Download Telegram
#technews

NASA rentgen teleskoplari Yerdan 16 000 yorug’lik yili uzoqlikdagi «kosmik kaft»ni suratga oldi.

G’alati shakldagi tumanlik yulduzning o’limi natijasida hosil bo’lgan. Olimlarning fikricha, bu taxminan 1500 yil oldin sodir bo’lgan.

@fozilovblog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#technews

🖨️ Xitoyliklar bir metr uzunlikdagi narsalarni chop eta oladigan ulkan 3D printerni chiqardi.

OrangeStorm Giga bir vaqtning o’zida to’rtta konstruksiyani chop eta oladi va planshetdan boshqariladi. Maksimal tezlikda u soniyasiga 300 mm chop etadi.

Kickstarter platformasida oldindan buyurtma narxi — 1500 dollar (bunday katta 3D printer uchun zo’r narx).

@fozilovblog
#technews

Samsung Galaxy S24 va brendning boshqa smartfonlari One UI 6.1. yangilanishidan so’ng qanday sun’iy intellekt funksiyalarini olishi ma’lum bo’ldi.

Ba’zi yangilanishlar ro’yxati:

— SI tomonidan yaratilgan fon rasmlari;

— Bloklangan holatda ekran ob-havoga moslashadi;

— SI yordamida fotosuratlarni kengaytirish (Generative Fill'ga o’xshab) va obyektlarni bir suratdan boshqasiga ko’chirish;

— Qo’ng’iroqlarni real vaqt rejimida bir tildan boshqa tilga tarjima qilish.

Katta ehtimol bilan, ushbu funksiyalar haqida 8-yanvar kuni bo’lib o’tadigan “AI for All” matbuot anjumanida yoki Galaxy S24 taqdimotida batafsil ma’lumot berishadi. Mish-mishlarga ko’ra, kompaniya yangi qurilmalarini 17-yanvar kuni namoyish etadi.

👨🏻‍💻 @fozilovblog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#technews

Boshqa olamga portal

AQSh'da «Asgard's Wrath 2» 3D o’yinini shunday tutunli gologramma orqali namoyish etishdi.

Uni Quest 2/3/Pro garnituralarida o’ynab ko’rish mumkin.

👨🏻‍💻 @fozilovblog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#technews

🪐 Quyosh tizimi sizning uyingizda

Quantum Innova jamoasi stend ustida muallaq turuvchi, quyosh tizimidagi sayyoralarning miniatyura modellarini yasashdi va ularning joylashuvini NASA ma’lumotlari bo’yicha haqiqiylari bilan sinxronlashtirishdi.

Narxi 550 dollar.

👨🏻‍💻 @fozilovblog
#technews

Robot Tesla zavodida muhandisga hujum qilib, uni jiddiy jarohatladi

OAV'larning yozishicha, bu voqea Texasdagi Tesla Giga zavodida sodir bo’lgan. Muhandis ikkita o’chiq qurilmani sozlayotgan paytda robotlardan biri uni tirgaklab, so’ng uning beliga va qo’liga metall tirnoqlarini botirgan. Ishchi jiddiy jarohatlanib, ochiq yaradan ko’p qon yo’qotgan. Uning hamkasblari favqulodda to’xtatish tugmasini bosishga majbur bo’lishgan.

Daily Mail xabariga ko’ra, kompaniya ushbu voqeani yashirgan, bu ma’lumot faqat nazorat qiluvchi organlarga berilgan hisobotdan ma’lum bo’ldi.

👨🏻‍💻 @fozilovblog
#technews

Android planshetli va bir vaqtning o’zida ikkita protsessorga ega Windows noutbuk — Lenovo'ning CES 2024 ko‘rgazmasidagi asosiy yangi mahsuloti.


Klaviatura joylashgan qismda Intel Ultra 7 chipi, 32 GB operativ xotira va 1 TB SSD, ajraladigan displeyda esa Snapdragon 8 Plus Gen 1 va 12+256 GB xotira mavjud.

Ularni birga yoki alohida ishlatish mumkin — har birining o’z batareyasi bor. Ushbu to'plam narxi 1999 dollar.

👨🏻‍💻 @fozilovblog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#technews

Kecha 17-yanvar kuni Samsung kompaniyasining Galaxy Ai taqdimoti bo'lib o'tdi

Samsung kommpaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Samsung Galaxy S24+ telefonida Ai imkoniyatlari haqida taqdimotda TM Roh (President and Head MX Business) Samsung kompaniyasi prezidenti tomonidan ma'lumotlar berildi.

Galaxy Ai imkoniyatlari insonlarga turli tillarda telefonda muloqotni amalga oshirishda osonlashtirishga qaratilgan mukammal dasturlarni o'z ichiga olmoqda.

Siz o'z tilingizda gaplashasiz muloqotdoshingiz ham o'z tilida gaplashadi. Hozircha o'zbek va rus tillari tizimga kritilmagan. Keyinchalik kiritilishi mumkin.

Texnoplov tomonidan taqdimot o'zbek tilida tog'ridan-to'gri olib berildi. Siz ham ko'ring foydali bo'ladi degan fikrdaman.

Quyida linkni qoldirdim.

https://www.youtube.com/watch?v=DnGjhSad8mk

Xullas Iphone zo'rmi Samsung zo'rmi deydiganlar uchun javob topildi.

👨🏻‍💻 @fozilovblog