Zuhriddin FOZILOV | Education
143 subscribers
2.01K photos
542 videos
161 files
1.77K links
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.

Informatika va axborot texnologiyalari fani õqituvchisi. 2-toifa.

Tel: +99890-110-91-61

Murojaat: t.me/fozilovblog_bot
Download Telegram
Three.js yordamida hayratlanarli 3D animatsiya

Har xil ochiq sahifalar sonidan qat’iy nazar, ular bir-birlariga o’zaro ta’sir qilib, chiroyli animatsion naqshlarni hosil qiladi.

Qiziquvchilar uchun qo’llanma mavjud, Github'ga havola.

@fozilovblog
Forwarded from Rustam Karimjonov
Google kompaniyasiga ishga kirgan Inha Universiteti bitiruvchisi Faxriddin Abduraximov yoshlarga qanday tavsiyalar berdi?

Yaxshi o’qing:
Universitetda qurilgan poydevor sizning kelajakdagi martabangiz asosi bo’ladi. Barcha algoritmik suhbatlarda nazariy (diskret matematika, chiziqli algebra) va amaliy (operatsion tizimlar, ma’lumotlar bazalari) masalalarning optimal yechimlari muhokama qilinadi. Tizimlarni tahlil qilish kabi sohalardagi bilimlar kundalik hayotda foydali bo’ladi.

ICPCda ishtirok eting:
Talaba dasturlash olimpiadasi (ICPC) algoritmik masalalarni hal qilishda kuchli tomonlaringizni sinab ko’rish uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etadi. Finalga chiqish nafaqat sizning ajoyib malakangizni tasdiqlaydi, balki ishga yollovchilarning e’tiborini tortadi.

Bundan tashqari, men platformalarga e’tibor berishni tavsiya qilaman:
Codeforces.com va Kaggle.com, bu yerda siz o’z mahoratingizni namoyish qilishingiz va qiziqarli loyihalarda ishtirok etishingiz mumkin.

Hakatonlarda ishtirok eting:
Hakatonlar o’zingizni turli rollarda sinab ko’rish imkoniyatini beradi, masalan, ishlab chiquvchi, loyiha menejeri, UX/UI dizayneri va boshqalar. Bu, shuningdek, mahorat arsenalingizni kengaytirish uchun ham ajoyib imkoniyatdir.

Turli uchrashuvlar va konferensiyalarda ishtirok eting:
Uchrashuvlar, ma’ruzalar va konferensiyalarda ishtirok etish kelajakdagi martaba yo’lingizda foydali bo’lishi mumkin bo’lgan professional tarmoqni yaratishga yordam beradi.

Faxriddin Google kompaniyasiga qanday qilib ishga kirgani haqida bilmoqchi bo'lsangiz quyidagi havola orqali batafsil ma'lumot oling.

Google da mavjud vakansiyalar va ishga joylashish talablarni bilish uchun havola
-https://www.google.com/about/careers/applications/jobs/results/
"IT sohasida muvaffaqiyatga erishish va yaxshi daromad topish uchun nima qilish kerak?" mavzusida onlayn vebinar


🔗 Hozirgi kunda ishlab chiqarish, tijorat, tibbiyot, ta’lim, transport va boshqa sohalar IT texnologiyalaridan foydalanmoqda. Buning natijasida IT sohasidagi mutaxassislarga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda.

📼 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda onlayn vebinar tashkil etilmoqda. Unda siz qanday qilib zamon talabidagi IT mutaxassisi bo‘lishingiz mumkinligi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🚪 Vebinar 13-dekabr, soat 14:00 da Raqamli texnologiyalar vazirligining Facebook va YouTube sahifalari orqali jonli efirga uzatiladi.

📌 Barcha maktab o‘quvchilari va IT sohasiga qiziquvchi yoshlar, vebinarga qo‘shiling!

#MMTV
#digital
#vebinar

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Daryo — LIVE
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tilshunos olim Eldor Asanov lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi O‘ o‘ harfini Õ õ shakliga o‘zgartirish bo‘yicha fikr bildirdi:

“Bu ko‘proq (o‘ shakli) alifboni IT texnologiyalaridan, umuman, zamonaviy sohalarda qo‘llanishini cheklaydi. Asosiy masala shundaki, bizdagi apostrof (‘) keng qo‘llanadigan apostrof emas. Uni kompyuterda yozuvda aks ettirish qiyinchilik tug‘diradi. Shuningdek, uni kompyuter tizimlari o‘qishi — idefikatsiya qilishi, shifr, parol, kod va boshqalarda aks ettirish ham muammo keltirib chiqaradi.

Estetik jihatdan ham bir harfning yoniga vergul qo‘yish xunuk ko‘rinadi. Agarda qo‘shimcha harf kerak bo‘lsa, u harfni turli shakllarda o‘zgartirish mumkin. Lekin yonidagi apostrofni o‘zgartirish juda kam uchraydigan, ko‘p chalkashlik keltirib chiqaradigan va xunuk ko‘rinadigan holat”.

@daryo_live
Forwarded from Shahnoza Soatova blogi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Алифбо масаласига қатъий нуқта қўйишимиз зарур» — Саида Мирзиёева

Президент ёрдамчиси Саида Мирзиёева Ўзбекистон номи турли жойларда ҳар хил ва нотўғри ёзилишини таъкидлаб, алифбо ислоҳоти бўйича баҳсларга қатъий нуқта қўйишни ҳамда айрим ўзгаришларни жорий этиш зарурлигини таъкидлади. «Гап бизнинг миллатимиз ва юртимиз номи ҳақида кетяпти», — деди у.

Тўғри, алифбо ислоҳоти янги баҳслар, тортишувлар, кўзда тутилмаган молиявий харажатларни келтириб чиқариши мумкин. Лекин яна бир бор таъкидлайман, гап ватан ва миллат номини тўғри ёзиш ҳақида кетар экан, бундай баҳс ва тортишувларни бас қилишимиз, алифбодаги айрим ўзгаришларни жорий этишимиз ва шу билан алифбо масаласига қатъий нуқта қўйишимиз зарур, деб ҳисоблайман», — деди давлат раҳбари ёрдамчиси.

IMHO: Президент гапирди, Президент ёрдамчиси гапирди. Энди ҳам ҳал бўлмасинми бу масала? Ўзгаришлардан умидвормиз.

@shahnozxon
Forwarded from Daryo — LIVE
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Tashqaridan qaraganda ikkita belgini oʻzgartirish juda oson” — Shahnoza Soatova yangilanayotgan alifbo haqida:

“Alifbo masalasi kun tartibiga chiqqanidan bir jihatdan xursandman. Chunki anchadan beri bu mavzuda gapirib kelamiz. Va nihoyat qandaydir mantiqiy nuqta qoʻyilishi kerak.

Amaliyotda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosidan foydalanib kelayotganlar biladi, bir qancha noqulay xarflarimiz bor. Ulardan biri vatanimiz nomida birinchi boʻlib keladigan Oʻ harfi, qolaversa, Gʻ harfi, undan keyin qoʻsh harflarimiz bor.

Bu mavzu ilk marta koʻtarilganiga besh yillar boʻldi. Tashqaridan qaraganda ikkita belgini oʻzgartirish juda oson. Masalan, 2016-yilda qoraqalpoq alifbosida oʻzgargan va hozirda foydalanib kelinmoqda. Biz ham bu muhim qadamni qoʻyishimiz kerak, deyapmiz. Prezident aytdilar, prezident yordamchisi nutqida ham shu mavzu koʻtarildi”.

@daryo_live
#technews

Samsung Galaxy S24 va brendning boshqa smartfonlari One UI 6.1. yangilanishidan so’ng qanday sun’iy intellekt funksiyalarini olishi ma’lum bo’ldi.

Ba’zi yangilanishlar ro’yxati:

— SI tomonidan yaratilgan fon rasmlari;

— Bloklangan holatda ekran ob-havoga moslashadi;

— SI yordamida fotosuratlarni kengaytirish (Generative Fill'ga o’xshab) va obyektlarni bir suratdan boshqasiga ko’chirish;

— Qo’ng’iroqlarni real vaqt rejimida bir tildan boshqa tilga tarjima qilish.

Katta ehtimol bilan, ushbu funksiyalar haqida 8-yanvar kuni bo’lib o’tadigan “AI for All” matbuot anjumanida yoki Galaxy S24 taqdimotida batafsil ma’lumot berishadi. Mish-mishlarga ko’ra, kompaniya yangi qurilmalarini 17-yanvar kuni namoyish etadi.

👨🏻‍💻 @fozilovblog
#bilasizmi

Fishing: parollar yoki bank kartalari kabi maxfiy maʼlumotlarni firibgarlik yoʻli bilan qidirishga qaratilgan jinoiy
faoliyat.


Agar sizdan qandaydir maxfiy axborotni aldov yoʻli bilan olishga urinish yuz bersa, bu fishing deb ataladi. Sizdan
axborot olishga urinayotgan shaxslar kredit kartasi yoki bank maʼlumotlarini, ijtimoiy sugʻurta yoki haydovchilik
guvohnomasi raqamini soʻrashi mumkin. Sizga haqiqiydek tuyuladigan, biroq sizni elektron pochta orqali muloqotga undovchi elektron xabar yuboriladi. Masalan, oʻz bank rekvizitlaringizni soʻrovchi elektron xabar. Chunki soʻrov bankingizdan kelgan deb oʻylashingiz mumkin.

👨🏻‍💻 @fozilovblog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Fakt24

Tadqiqot: qog‘ozdan o‘qilgan matn elektron qurilmalarga nisbatan osonroq tushuniladi.

👨🏻‍💻 @fozilovblog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#technews

Boshqa olamga portal

AQSh'da «Asgard's Wrath 2» 3D o’yinini shunday tutunli gologramma orqali namoyish etishdi.

Uni Quest 2/3/Pro garnituralarida o’ynab ko’rish mumkin.

👨🏻‍💻 @fozilovblog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#technews

🪐 Quyosh tizimi sizning uyingizda

Quantum Innova jamoasi stend ustida muallaq turuvchi, quyosh tizimidagi sayyoralarning miniatyura modellarini yasashdi va ularning joylashuvini NASA ma’lumotlari bo’yicha haqiqiylari bilan sinxronlashtirishdi.

Narxi 550 dollar.

👨🏻‍💻 @fozilovblog
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида IT инфратузилмасини яхшилаш, соҳа ва тармоқларни рақамлаштириш юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланди.

Давлатимиз раҳбари жаҳон иқтисодиёти шиддат билан ўзгариб бораётган шароитда ҳеч бир соҳани рақамли технологияларсиз тасаввур қилиб бўлмаслигини таъкидлади.
"Рақамлаштиришдан бош тортаётган раҳбар - коррупцияни йўқ қилишга интилмаган раҳбар",

деди Президент.

Жорий йилнинг ўзида мамлакатимизда:

- таълим, банк, молия, божхона, қишлоқ хўжалиги, геология, кадастр каби соҳаларни рақамли трансформация қилиш доирасида 100 та дастурий лойиҳа ишлаб чиқилди;

- 500 дан зиёд янги IT компаниялари ташкил этилиб, соҳага 475 миллион доллар тўғридан-тўғри хорижий инвестиция кириб келди;

- йил якуни билан IT хизматлари ҳажми 10 триллион сўмга етиши (2022 йилга нисбатан – 1,5 баробар кўп), экспорти эса 300 миллион доллардан ошиши (2 баробар) кутилмоқда.

Лекин соҳани янада ривожлантириб, халқаро даражага олиб чиқиш бўйича қилинадиган ишлар ҳали жуда кўп, деди Президент.

Facebook|Instagram|Twitter
Бу йил IT соҳаси экспорти Тошкент вилоятида – 100 мингдан 4,4 миллион долларга, Самарқандда – 700 мингдан 3,2 миллионга, Андижонда 60 минг доллардан 2,8 миллион долларга ошиб, юқори суръатларда ўсди. Сурхондарё ҳам илк бор IT хизматлари экспортини йўлга қўйиб, 1 миллион доллардан оширди.

Лекин, экспорт Қорақалпоғистон, Қашқадарё, Наманган ва Сирдарёда 500 минг долларга ҳам етмайди.

Ҳудудларда 20 мингдан ортиқ ёшлар IT билан мустақил шуғулланиб, халқаро онлайн платформалар орқали яратган маҳсулотини четга сотаяпти.

Масалан, фарғоналик ёш дастурчи Брайл алифбосини таржима қиладиган дастур яратиб, АҚШ, Мексика ва Бразилияга 150 минг долларга сотган.

Facebook|Instagram|Twitter
Давлатимиз раҳбари 2024 йилдан бошлаб ҳудудларда IT хизматларини ривожлантириш учун қўшимча шароитлар яратилишини эълон қилди. Бунда:

- IT компаниялари ҳудудлардаги бўш турган биноларга бир йил муддатга бепул жойлаштирилади;

- иқтидорли дастурчиларга бир йил ичида бўлиб-бўлиб тўлаш шарти билан компьютер ва техникалар берилади;

- 50 дан ортиқ IT мутахассисини ишли қилган компанияларнинг бир йил давомидаги иш ҳақи харажатини 15 фоизгача қисми қоплаб берилади;

- экспортчи корхоналарга четдан эксперт жалб қилиш, халқаро конференцияларда қатнашиш харажатларининг 50 фоизи компенсация қилинади.

Бу мақсадларга келгуси йилда 65 миллиард сўм ажратилади.

Шунингдек, Рақамли технологиялар вазирлиги IT паркни халқаро миқёсга олиб чиқиш учун келгуси йилда Германия ва Саудия Арабистонида унинг шўъба корхоналарини очади.

Facebook|Instagram|Twitter