Zuhriddin FOZILOV, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.
154 subscribers
1.99K photos
538 videos
156 files
1.76K links
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.

Informatika va axborot texnologiyalari fani õqituvchisi. 2-toifa.

Tel: +99890-110-91-61

Murojaat: t.me/fozilovblog_bot
Download Telegram
Zuhriddin FOZILOV, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.
#education #bilasizmi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2022-yil 10-oktabrdagi “Zamonaviy maktab darsliklarini tajriba-sinovdan o‘tkazish hamda maktab ta’limi sifatini oshirish…
#education #bilasizmi

Mazkur bayon ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-2024-o‘quv yilidan 1-sinfda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qitilishi yo‘lga qo‘yiladi. Unga ko‘ra, 1- va 5-8-sinflarda haftasiga 1 soatdan, 9-11-sinflarda haftasiga 2 soat o‘qitiladi.

📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zuhriddin FOZILOV, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.
#education #bilasizmi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2022-yil 10-oktabrdagi “Zamonaviy maktab darsliklarini tajriba-sinovdan o‘tkazish hamda maktab ta’limi sifatini oshirish…
#education #bilasizmi

1-sinfda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga asoslanganligi sababli mazkur fan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladi.

Bunda, A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etiladigan o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari 1-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitadi.

📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#education

Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa o‘qituvchilardir.

Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari malakasi oshirilmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan qator xorijiy hamkor tashkilotlar ko‘magida 5-11-sinf informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha darslik va o‘quv-metodik adabiyotlari mahalliylashtirildi.

Ayni vaqtda mazkur darsliklardan foydalanish yuzasidan respublikamizning 500 nafar informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun kaskad usulida trening tashkil etilmoqda.

Treninglarning 1-bosqichi joriy yilning 21-23-avgust kunlari respublikamizning 14 ta hududidan tashrif buyurgan 30 nafar o‘qituvchilar uchun Toshkent shahrida o‘tkazilmoqda.

✔️Mazkur treninglarning 2-bosqichi 28-30-avgust kunlari viloyatlardagi Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarida respublikada malaka oshirgan 30 nafar trenerlar tomonidan 470 nafar o‘qituvchilar uchun kaskad usulida davom ettiriladi.

❗️Shuningdek, informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilariga yangi darsliklardan foydalanish bo‘yicha videokurslar ishlab chiqildi. Abdulla Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining LMS platformasiga joylashtirilgan videokurslar orqali o‘qituvchilarga onlayn shaklda o‘qish imkoniyati yaratildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Kundalik.com” платформаси ўзгартирилмоқда

Kundalik.com” - бу рақамли таълим платформаси бўлиб, ўқувчиларнинг давомати ва ютуқларини журнал ҳамда кундаликнинг электрон шаклида юритиш имконини берган.

Мактабгача ва мактаб таълим вазирлиги матбуот хизматидан  маълум қилишларича, янги ўқув йилидан эътиборан, “Kundalik.com”  платформаси ўз фаолиятини  “e.maktab.uz” сифатида давом эттиради.

Хўш,  “e.maktab.uz”нинг қандай афзалликлари бор?  Платформани ўзгартиришга нима сабаб бўлди?
Бу саволга Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги мутахассиси  Арслонбек Раҳмонқулов жавоб берди:  
-  “Kundalik.com”  платформасида айрим камчиликлар бор эди. Нотўғри талқинларни бартараф этиш мақсадида  “e.maktab.uz” платформасига ўтишга қарор қилинди.

Бу тизимни яратиш учун  соҳа мутахассислари кўп изланиш ва ўрганишлар олиб борди.  Тизим янада такомиллаштирилди ва  замон талабларига мослаштирилди.  

e.maktab.uz” нафақат электрон кундаликни ва электрон журнални, балки  ўқитувчилар учун   “кундалик смарт” тизимини ҳам ўз ичига олган.  

Бунда ўқитувчи уйга вазифа бераётганида  рақамли таълим ресурсларидан фойдаланган ҳолда болаларни таълимга жалб қилиш учун кўпгина имкониятлардан фойдаланиши мумкин. Мисол учун, ўқитувчи ўқувчига уйга вазифани ўйин ёки мультфильм шаклида бериши ҳам мумкин.  

Қайд этиш лозимки, “e.maktab.uz” платформасига ўтиш учун ижтимоий сўровномалар ташкил қилинди, жамоатчилик фикри ўрганиб чиқилди.  

e.maktab.uz” платформасига ўтиш ўқитувчини ортиқча қоғозбозлик ташвишидан озод этади. Шаффофликни таъминлайди. Энг асосийси, ота-оналар фарзандининг таълим олиш жараёнини назорат қилишга жалб қилинади. Ота-она бу мобил иловани юклаб олса, дунёнинг қайси нуқтасида бўлмасин,  фарзандининг давоматини, баҳоларини ва эртанги дарс режаларини текшириш имконига эга бўлади.
 
Олдинги ҳолатда баҳоларни ўзгартириш, ўқувчи кундаликни йўқотиб қўйиш каби муаммолар кўп учраган. Энди “e.maktab.uz” платформасида бу муаммолар бўлмайди.  Бу платформада ҳар бир ўзгартириш ўз изини қолдиради.

●●●

📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
●●●

Янги баҳолаш тартиби ўқувчиларнинг  умумтаълим фанларини  ўзлаштиришини ягона стандартлар асосида баҳолаш тартибини белгилайди. Ўқувчиларнинг бирор бир фанни ўзлаштириши форматив ва сумматив баҳолаш турлари асосида  баҳолаб борилади.  

Форматив баҳолаш - бу ўқитувчи ва ўқувчи ўртасидаги доимий фикр алмашиш, мулоқот қилиш жараёнидир.  Форматив баҳолаш асосан ўқувчини йўналтириш, рағбатлантириш хусусиятига эга. Бу ўқувчига кўпроқ рағбат, мотивация беришга хизмат қилади.  

Сумматив баҳолаш эса маълум бир боб якунида ўқувчи эгаллаши керак бўлган стандарт билим ва кўникмалар баҳоланади.  

Сумматив ва форматив баҳолаш тизими таълими ривожланган деярли барча мамлакатларга жорий этилган бўлиб, бу тизим келгусида мактаб таълимида инсон омили, нисбий баҳо беришга барҳам бериш, ўқувчиларни ҳаққоний баҳолашга хизмат қилади.  

📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Kundalik.com" endi o'z faoliyatini "emaktab.uz" sifatida davom ettiradi

emaktab.uz platformasining afzalliklari nimadan iborat?

Kundalik smart o’quvchilarni uyga vazifani tayyorlashga bo’lgan qiziqishini oshiradimi?

Ayni paytda 365 ta maktabda joriy etilishi kutilayotgan yangicha - Summativ baholash tizimining o'ziga xos tomonlari nimada?

Summativ baholash tizimi baholash jarayonidagi nisbiylikka barham beradimi?

❗️Mazkur savollarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Sardor Rahimboyev va Axborot kommunikatsiyalarini joriy etish va raqamlashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Arslonbek Rahmonqulov javob berishdi.


📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#education

TA’LIMNING "4K" MODELI NIMA?

Bugungi kunda o‘quvchilardan tahlil, mushohadaga tayangan holda tanqidiy hamda ijodiy fikrlash, atrofidagi insonlar bilan sog‘lom hamkorlik qilish hamda moslashuvchan bo‘lishi talab etiladi.

Bunda ta’lim jarayoniga keng tatbiq etilayotgan “4K” modeli yordam beradi.

@fozilovblog
#education

O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasida medal oldi

Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI)da O‘zbekiston terma jamoasi o’z tarixida birinchi medallarni qo‘lga kiritdi.

G‘olib o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

Dilyorbek Valijonov
— Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;

Dilshodbek Xo‘jayev — Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.

❗️Ma’lumot uchun: amaldagi qonunchilikka ko’ra, nufuzli 5 ta xalqaro fan olimpiadalarida🥉bronza medalini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

@fozilovblog
Forwarded from Ta'lim nazorati
Umumtaʼlim muassasalarida dars soatlari taqsimoti:

Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda 3271- raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi NIZOMga asosan amalga oshiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#education

Muhokamalarning “sevimli” savoli: sentabrmi yoki sentyabr?

Yangi darsliklarda nimaga asoslanib "sentyabr", oktyabr" ko'rinishida yozilyapti?

Respublika ta'lim markazi mutaxassisi Orif Tolib javob beradi.

@fozilovblog
2 октябрь куни дам олиш куними?

Янги таҳрирдаги Меҳнат кодексига кўра, дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Жорий йил 1 октябрь — Ўқитувчи ва мураббийлар куни якшанба кунига тўғри келиши туфайли 2 октябрь, душанба куни ҳам дам олинади.

@fozilovblog
Captiva-5 narxlari e’lon qilindi

Yangilangan Captiva-5 LT1 , LT 2, va Premier komplektatsiyalarida sotuvga chiqariladi. Ularning narxlari:

LT1 (5 o‘rindiqli): 299 900 000 so‘m;

LT2 (7 o‘rindiqli): 319 900 000 so‘m;

Premier (7 o‘rindiqli): 349 900 000 so‘m.

Narxlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.

@fozilovblog