Zuhriddin FOZILOV, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.
152 subscribers
1.99K photos
538 videos
156 files
1.76K links
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.

Informatika va axborot texnologiyalari fani õqituvchisi. 2-toifa.

Tel: +99890-110-91-61

Murojaat: t.me/fozilovblog_bot
Download Telegram
Forwarded from Digital.uz
AKTni joriy etishga mas’ul davlat xizmatchilari har 3 yilda majburiy malaka oshiradi hamda test orqali bilimlari baholanadi

Qarorga ko‘ra, malakani baholash attestat.egov.uz axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, endilikda 2023-yil 1-avgustdan boshlab, 2500 nafardan ziyod Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik boshqaruvi organlarida AKTni joriy etish uchun mas’ul xodimlarning uch yilda bir marotaba majburiy malakasini oshirish tartibi joriy etiladi.

1 soat ichida berilgan test savollaridan o‘tib, 55 balldan yuqori  ko‘rsatgichga ega xodimlarga QR-kod qo‘yilgan reyting baholash guvohnomasi rasmiylashtiriladi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/1801/

#digital
#mitc

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
Forwarded from Digital.uz
Byudjet tashkilotlaridagi AKT xodimlariga qo'shimcha ustamalar belgilandi

▪️2023-yil, 1-avgustdan boshlab:

Endilikda, AKT sohasida xalqaro sertifikatga ega davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining AKTni rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan xodimlariga o‘rnatilgan ustamalarga qo‘shimcha ravishda lavozim maoshiga nisbatan 20 foiz miqdorda ustama;

Raqamli texnologiyalar vazirligining axborot texnologiyalari hamda raqamli xizmatlar joriy etilishi holatini baholash reytingi bilan qamrab olinmagan davlat organlari rahbarlarining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlariga har oyda mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 30 foiz miqdorida ustama haq to‘lanadi.

🔗 Batafsil: 24.05.2023-yildagi PF-76-son

#digital
#mitc
#tashrif
#IT_education

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
🖥 Frilanserlikni o‘rganish uchun qulay bo‘lgan platforma yaratildi

🗓 Yozgi ta'til davrida uydan chiqmagan holda masofadan turib onlayn pul topishni istaysizmi? IT hamda dizayn sohalarida bilim va ko‘nikmalaringizni oshirishnichi?

⚡️ Unda ushbu yangilik aynan siz uchun. Endi siz yozgi ta'til vaqtingizni bekorchi narsalarga sarflamay, myfreelance.uz veb sayti orqali frilanserlik faoliyati o‘zi nima? qanday qilib boshlash, buyurtmalar olish, ishlab topilgan pullarni yechib olish va boshqa shu turdagi frilanserlikka oid batafsil ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

📈 Shuningdek, ushbu saytda IT hamda dizaynerlik sohalarida o‘z bilim va ko‘nikmalaringizni oshirishingiz mumkin.

Veb sayt uchun havola: www.myfreelance.uz

📌 Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sport ⚽️ Rodri 68'

🇪🇺
#ChempionlarLigasi-2022/23 | FINAL

🇪🇺 "Man. Siti" 1:0 "Inter" 🇪🇺

📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport

🇪🇸 Gvardiola ikkinchi bor trebl qayd etishni uddaladi:

✔️ 2009
🇪🇸 "Barselona" bilan
✔️ 2023
⛵️"Man Siti" bilan

📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport

"Manchester Siti" 16-avgust kuni Gretsiyaning Afina shahrida UEFA Superkubogi uchun "Sevilya"ga qarshi bahs olib boradi.

📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fanni (matematika) qiziqarli animatsiya orqali ko‘rsatish uchun uni qanchalik bilish kerak?

#education #animation

📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#education

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#education

1-iyuldan kasb-hunar maktablariga qabul boshlanadi

Joriy yildagi 9-sinf bitiruvchilari hujjatlarni my.edu.uz elektron platformasi orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn topshiradilar.

📎 Platformaga:
tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID-karta ma’lumotlari;

3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.

Ma’lumot uchun, respublikada 330 ta kasb-hunar maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Onlayn ariza yuborish bo’yicha ushbu videoyo’riqnomadan foydalaning.

📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#education

Maktab bitiruvchilarining shahodatnoma yuklab olishi bo‘yicha videoyo‘riqnoma

🌐 e-shahodatnoma.uz

📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ta'lim nazorati
Magistratura uchun qaysi sertifikatlardan foydalanish mumkin?

◼️Ma’lumki, davlat OTMlarining magistraturasiga hujjat topshirish uchun chet tili sertifikati majburiy hisoblanadi. Bunda filologiya yo‘nalishlari uchun kamida C1, qolgan barcha boshqa yo‘nalishlar uchun B2 sertifikati bilan hujjat topshirish mumkin.

Bu yilgi qabul uchun 25 ta turdagi sertifikat tasdiqlangan. Ulardan biri bo‘lsa, talabgor magistraturaga o‘qishga kirish imkoni yuqori bo‘ladi.

Sababi talabgorlardan alohida imtihon olinmaydi. Chet tili sertifikati darajasi va bakalavr diplomining o‘rtacha balliga qarab ketma-ketlikda abituriyentlar qabul qilinadi. Bu degani sertifikat darajangiz qancha yuqori bo‘lsa, imkoniyatingiz ham shuncha yuqoriroq bo‘ladi deganidir.

Eslatma: magistraturaga qabul 30-iyulgacha davom etadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Pedkadr.tdi.uz
⚡️ #Энг_долзарб_саволларга_жавоблар!

⁉️ Таълим даражаси юқори бўлмаган ("қизил") мактабга ишга кириш учун нима қилиш керак?

Савол:
✍️ Мен Сурхондарё вилояти Шеробод туманидаги мактабларнинг бирида тарих фанидан дарс бераман. Мен Андижон вилоятидаги таълим даражаси юқори бўлмаган ("қизил") мактаблардан бирига бориб ишламоқчиман. Бу учун кимга мурожаат қилишим керак бўлади? (Т.М.Х)

❗️Жавоб: Низомнинг 13-банди: Бошқа ҳудудлардаги таълим даражаси юқори бўлмаган мактабларда дарс бериш истагини билдирган ўқитувчи-педагоглар электрон платформага киритилган таълим даражаси юқори бўлмаган мактабларнинг бирини танлаб, кўрсатилган вакант соатлар бўйича 15 майдан 25 июлга қадар умумтаълим мактаби директорига тўғридан-тўғри мурожаат қилади.

‼️ Низомнинг 14-банди: Ўқитувчи-педагоглар таълим даражаси юқори бўлмаган мактаб директорига қуйидаги ҳужжатларни тақдим этади:
1️⃣ мутахассислиги, дарс берадиган фанини кўрсатган ҳолда директор номига ариза;
2️⃣доимий яшаш манзили (ҳудуд, туман/шаҳар номи), телефон рақами кўрсатилган маълумотнома — объективка;
3️⃣ олий ёки биринчи малака тоифасига эга эканлигини тасдиқловчи сертификат нусхаси.

‼️Низомнинг 16-банди: Таълим даражаси юқори бўлмаган мактабларда дарс бериш истагини билдирган ўқитувчи-педагогларни саралаш бўйича Ишчи гуруҳ (кейинги ўринларда — Ишчи гуруҳ) тузилади.
Ишчи гуруҳ таркибига мактаб директори, директорнинг ўқув ишлари бўйича ўринбосари, кадрлар бўйича менежер (инспектор), психолог, мактаб касаба уюшмаси вакили киритилади.

‼️ Низомнинг 17-банди: Ишчи гуруҳ мурожаат этган ўқитувчи-педагоглар томонидан тақдим этилган ҳужжатларни ўрганиб чиқади.
Белгиланган талабларга мос келган ҳамда вакант соатлар бўйича бир ўринга икки ва ундан ортиқ номзодлар бўлган тақдирда, улар касбий билим ва кўникмалар, педагогик маҳорат ҳамда психологик қобилият йўналишида Ишчи гуруҳ томонидан суҳбатдан ўтказилади.
Саралаш онлайн тарзда ҳам амалга оширилиши мумкин.
Таълим даражаси юқори бўлмаган мактаб ҳар йили 5 августга қадар Ишчи гуруҳ томонидан ўтказилган ўрганиш ва суҳбат натижаларига кўра сараланган ўқитувчи-педагоглар ҳақидаги маълумотларни электрон платформага киритади.

P.S. Таълим даражаси юқори бўлмаган мактабларда ишламоқчи бўлган ўқитувчи-педагоглар:
📍тегишли фан йўналиши бўйича олий маълумотга эга бўлиши;
📍дарс бераётган фани бўйича биринчи ёки олий малака тоифасига эга бўлиши;
📍бошқа ҳудудда камида бир йил педагогик фаолият юритган бўлиши;
📍амалда фаолият юритаётган мактаб таълим даражаси юқори бўлмаган мактаблар рўйхатида мавжуд бўлмаслиги талаб этилади.

💯Каналимизга аъзо бўлинг ва барча янгиликлар билан биринчилардан бўлиб танишинг!

👉
https://t.me/pka_tdi_uz 👈
👉Murojaatlar uchun: 👉
@pkatdi_bot👈
Forwarded from my.gov.uz
⚡️Ota-onalar diqqatiga! Farzandingizni 1-sinfga my.gov.uz portali orqali onlayn joylasangiz bo'ladi

❗️My.gov.uz da 1-sinfga onlayn qabul imkoniyati yaratildi.

💻 Endi ota-onalar my.gov.uz portali orqali ro'yxatdan o'tib, 2023-2024-o‘quv yilida 1-sinfga chiqadigan farzandlarini uydan turib maktabga joylashlari mumkin.

📱Mazkur xizmatdan foydalanish bepul va hech qanday hujjat talab etilmaydi.

👨‍💻Faqat ariza bolaning ishonchli vakili tomonidan topshirilsa, buni tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma), harbiylar esa ish joyidan ma'lumotnoma taqdim etishlari kerak bo'ladi.

🪪Murojaat tegishli umumiy o'rta ta'lim maktabi tomonidan ko‘rib chiqilganidan so‘ng yo‘llanma beriladi.

Muhim eslatma❗️

👨‍🏫 “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasiga asosan bola 7️ yoshga to‘ladigan yilida maktabga qabul qilinadi. Yaʼni bu yil 1-sinfga qabulga 2016-yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar uchun ariza topshirish mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from YURIST MASLAHATI
#Бизнес_адвокат
ОНЛАЙН ХИЗМАТ УЧУН ҲАМ СОЛИҚ ТЎЛАШ КЕРАКМИ?

Assalomu alaykum biz amerika vizasini olish uchun odamlarga kansultatsiya beramz va elchixonaga navbatga qoyib beramz ofisimiz yoq faqat online xizmat korsatamiz shu xizmat korsatishimiz uchun soliq tolashimiz kerakmi ? yoki bizni bu faoliyatimiz qonuniymi?

📍ЖАВОБ:

Сизга ўзини ўзи банд қилиш орқали фаолиятингизни амалга оширишни маслаҳат бераман.

Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 23 декабрдаги 806-сон қарори билан тасдиқланган "Ўзини ўзи банд қилган шахс сифатида фаолиятни амалга ошириш тартиби тўғрисида"ги Низомга кўра ўзини ўзи банд қилган шахслар — меҳнат даромади олишга йўналтирилган, жисмоний ва юридик шахсларга хизматлар кўрсатиш, ишларни бажариш бўйича шахсий меҳнати билан иштирок этишга асосланган фаолиятни мустақил амалга оширадиган, якка тартибдаги тадбиркорлар сифатида рўйхатга олинмаган, меҳнат стажи ҳисобга олиниши ва рағбатлантирувчи имтиёзлардан фойдаланиш ҳуқуқи билан давлат солиқ хизмати органларида рўйхатдан ўтказилган жисмоний шахслар ҳисобланади.

Мазкур Низомнинг 8 бандига асосан ўзини ўзи банд қилган шахс махсус мобил илова ёки солиқ тўловчининг шахсий кабинети орқали ёхуд давлат солиқ хизмати органига келган ҳолда рўйхатдан ўтиши мумкин.

Низомнинг 16 бандига биноан ўзини ўзи банд қилган шахслар томонидан меҳнат стажи ҳисобланиши учун қонунчилик ҳужжатларида белгиланган миқдорда йилда бир марта ижтимоий солиқ (базавий ҳисоблаш миқдорининг камида 50 фоизи ҳажмида) тўланади.

Энди қаранг!
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 8 июндаги ПҚ-4742-сон қарори билан тасдиқланган Ўзини ўзи банд қиладиган шахслар учун фаолият (ишлар, хизматлар) турлари РЎЙХАТИнинг 67 бандига кўра онлайн консультация бериш (онлайн-консультант, онлайн-тренер, молиявий маслаҳатчи, вебинар олиб борувчи) ўзини ўзи банд қилишга киради.

Демак, сизнинг фаолиятингиз ҳам бу рўйхатда мавжудлиги сабабли юқоридаги каби иш тутишингизни маслаҳат бераман.

Саволингизни: @yuristgamurojaat ga қолдиринг

👉
@yuristlar_maslahati 👈
190-son buyruq.pdf
3.4 MB
#education

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 27.06.2023-yildagi 190-sonli buyrugʻi bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va sinf rahbarlarining lavozim yoʻriqnomalari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra direktor o'rinbosari ta'lim muassasasi direktori tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan tanlab olinadi:

kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo'lgan;
— maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan (umumta'lim muassasalarida mehnatini soatbay (shu jumladan o‘ rindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi o 'qituvchilarning sinfga rahbarlik qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi);
— boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan;
— o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida mas’uliyat bilan yondasha oladigan;
— boshlang‘ich sinflarda sinf rahbarligi boshlang‘ich sinfga biriktirilgan o'qituvchilarga yuklatiladi.

📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM