Zuhriddin FOZILOV, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.
152 subscribers
1.99K photos
538 videos
156 files
1.76K links
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.

Informatika va axborot texnologiyalari fani õqituvchisi. 2-toifa.

Tel: +99890-110-91-61

Murojaat: t.me/fozilovblog_bot
Download Telegram
#live

🔴 Ayni vaqtda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Maktabdan tashqari ta’lim: muammo va yechimlar” mavzusidagi 1-Respublika forumi o‘z ishini boshladi.

❗️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilatoygan mazkur tadbirdan asosiy maqsad, maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim muassasalari sohasidagi bugungi kun muammolari va o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi rahbar va pedagog kadrlarning menejerlik qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir.

📍 Forum doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari Durdona Rahimova hamda boshqa mas’ul vazirlik va tashkilotlar vakillarining mavzuga doir chiqishlari o‘rin olgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live

🔴 Sirdaryo viloyatida o‘tkazilayotgan “Maktabdan tashqari ta’lim: muammo va yechimlar” mavzusidagi 1-Respublika forumida ishtirok etayotgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova mavzuga doir o‘z fikrlarini bildirib o‘tmoqda:

- Barchamizga yaxshi ma’lum, o‘quvchilarning barkamol shaxs va yetuk bilimdon insonlar bo‘lib voyaga yetishida maktab va boshqa ta’lim muassasalari qatorida maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining ham o‘rni beqiyos. Mazkur maskanlar o‘quvchilarimizning chin ma’noda ijod maydoniga aylanishi lozim.

Shu ma’noda bugungi uchrashuvimiz davomida maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish hamda ularga o‘quvchi-yoshlarni jalb etish bo‘yicha aniq strategiyani belgilab olishimiz zarur.

Bunda bolalarning ehtiyojlari hamda zamon talablari asosida ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat va nodavlat tashkilotlari bilan uzviy hamkorlik, ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini atroflicha o‘rganish, maktabdan tashqari ta’limdagi to‘garak va seksiyalarni samarali yo‘lga qo‘yish asosiy vazifalarimizdan biridir.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Osmondagi bolalar
Oʻzbek tilida sun’iy intellekt asoschisi, Google’dan $100,000 grant yutgan professor bilan suhbat

«Osmondagi bolalar» loyihasining navbatdagi mehmoni, Yeungnam universtiteti axborot texnologiyalari muhandisi yo'nalishi PhD olimi, «Mohirdev»platformasi hamda Mohir AI asoschisi, «Universiti Sains Islam Malaysia» oliygohi professori va «Pythonda dasturlash asoslari» kitobi muallifi Anvar Nazrulloh bo'ldi.

🎯 Bu galgi sonda sun'iy intellekt, Malayziyadagi hayot, ChatGPT va mualliflik huquqi, dasturlash sohasidagi yoshlarga tavsiyalar, Mohir AI hamda odamlar nega AyTi sohasidan foydalanishi kerakligi haqida o'zingiz uchun kerakli ma'lumotlarni olasiz, degan umiddamiz.

🛎 Premyerani hoziroq tomosha qiling!

👉 https://youtu.be/qDo6lkkPkMI
#education #tayanch #reja

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja

📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Rustam Karimjonov
Endilikda - “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 1,2 million O'zbekistonlik yoshlar dasturlash asoslarini Coursera onlayn oʻquv kurslari orqali Bepul o'rganishlari hamda xalqaro IT Sertifikatga ega bo'lishlari mumkin bo'ladi:

👤 Onlayn kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar saralanib, xalqaro miqyosda ish faoliyatini yuritish koʻnikmalari shakllantiriladi;

📊 Sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarga kompyuter xaridi uchun imtiyozli isteʼmol kreditlari ajratiladi;

➡️ yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablagʻlar yoshlar xohishiga koʻra alohida ochilgan bank kartasiga (naqdlashtirish imkoniyatisiz) oʻtkazishga ruxsat beriladi.

🔗 Batafsil: 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son qaror

#digital #mitc #IT_education #PQ_162

Yangiliklardan xabardor bo'lish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining ijtimoiy tarmoqlariga a'zo bo'ling:

🚀 Telegram 🐤Twitter🔵Facebook📷Instagram🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ikki yilda barcha qishloq va ovullar Internet bilan to‘liq qamrab olinib, uning tezligi 10 karra oshiriladi — Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturidan.

📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#education

Prezident farmoni (PF-79-son, 26.05.2023 y)ga ko‘ra 2025-yil 1-yanvarga qadar malaka toifalarini berish tizimini vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditasiyasidan o‘tkazish orqali pedagog kadrlarga xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda, xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi;

Pedagog kadrlarning “elektron portfoliosi” shakllantirib boriladi va unga o‘qituvchilarning malaka darajasi, kasbiy rivojlanish natijalari va pedagogik faoliyati davomida erishgan yutuqlari kiritiladi.

📌 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM