Zuhriddin FOZILOV, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.
152 subscribers
1.99K photos
538 videos
156 files
1.76K links
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.

Informatika va axborot texnologiyalari fani õqituvchisi. 2-toifa.

Tel: +99890-110-91-61

Murojaat: t.me/fozilovblog_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati bo'yicha 5 mln so‘mlik vazir ustamasini olishi mumkin bo‘lgan pedagoglar ro‘yxati tasdiqlandi

Ayni damda vazir jamg‘armasi 2-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagoglar soni 1697 nafarni tashkil etgan. Endi, ana shu ro‘yxatdagi pedagog xodimlar 9 oy mobaynida 5 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘ni har oy oladilar.

Jami: 66 ta o'qituvchi

Ingliz tili: 31 ta
Tarix: 21 ta
Biologiya: 5 ta
Boshlang'ich ta'lim: 4 ta
Geografiya: 1 ta
Ona tili va adabiyoti: 1 ta
Fransuz tili: 1 ta
Rus tili (o'zbek): 1 ta
Nemis tili: 1 ta o'qituvchi

📌 Ro'yxatda Informatika fani o'qituvchilari yo'q.

Ulanish:
@fozilovblog
Xitoy 2030-yilgacha 6G tarmog‘ini ishga tushiradi

— 6G tarmog‘ining ma’lumotlar uzatish tezligi 100 Gbit/s dan 1 Tbit/s gacha bo‘lishi kutilmoqda.

— China Unicom top-menejyerining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy 5G texnologiyasini qo‘llash bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi.

— Ijrochi direktor Lyu Lixong Unicom kompaniyasi 2025 yilda 6G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazishni boshlashini aytdi.

Ulanish: @fozilovblog
O‘zbekistonda birinchi marta 5G Apple smartfonlarida

🍏 “O‘zbektelekom” AK hamkori Apple Inc. bilan olib borilgan muvaffaqiyatli muzokaralar tufayli O‘zbekistonda birinchi marta, iOS 16.4 versiyasiga yangilangan Apple qurilmalari foydalanuvchilari 5G ma’lumotlar uzatishga ulanish funksiyasiga ega bo‘lganligini ma’lum qildi.

“O‘zbektelekom” AK o‘zining texnik bazasini keng ko‘lamli modernizatsiya qilish loyihasini ishga tushirdi, buning natijasida Toshkent shahrida 5G qamrovi va mamlakatimiz hududlarida beshinchi avlod aloqasi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Ulanish: @fozilovblog
Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun qanday natijalarga erishish lozim?

Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama oladigan 1697 nafar oʻqituvchilar ro‘yxati e‘lon qilinganidan soʻng:

"Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olishga nomzodlar qanday saralangan? Keyinchalik ushbu ustamaga nomzod boʻlish uchun nima qilish kerak ?” degan savol bilan telegram (@uztdibot) botimizga murojaat yuborilgan.

Hukumat qaroriga (№425, 02.08.2022) koʻra vazir jamgʻarmasi uchun nomzodlarga kvotalar maktabning bitiruvchi-oʻquvchilari tomonidan tegishli oʻquv yili qabulida oliy taʼlim muassasalariga, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida qayd etgan natijalariga muvofiq taqsimlangan.

🔰 Davlat test markazi va Prezident taʼlim muassasalari agentligi taqdim etgan kirish imtihoni natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga asosan vazirlik 2023-yilda Vazir jamgʻarmasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni 2000 nafar etib belgilangan va bu kvota “Boshlangʻich taʼlim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yoʻnalishlari boʻyicha tuman (shahar)lar boʻyicha taqsimlangan.

Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha hududiy kengashlar ushbu kvotaga asosan nomzodlarni vazirlikka taqdim etgan.

🤵 Qarorga koʻra, har bitta yoʻnalish boʻyicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan har bitta kvota oʻrniga koʻpi bilan uchta nomzodni taqdim etilishi mumkin.

Nomzodlar orasidan ustama toʻlanadigan pedagoglarni tanlab olish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqichda — zarur hollarda, nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani boʻyicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari oʻtkaziladi;

2️⃣-bosqichda — umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash boʻyicha oʻtkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat oʻtkaziladi. Suhbat oʻtkazish tartibi va mezonlari vazirning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.

🏅 Ushbu ustamaga nomzod boʻlish uchun oʻquvchilaringiz OTM va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida yuqori ball olishi lozim.

Ulanish: @fozilovblog
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari - "Qachonki ustozning duosi olinsa ana o‘shanda u maqsadga yetadi".

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi hamda Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga tashriflarida talabalar bilan muloqot qildilar.

Muloqotda Denov tumanidagi 77-umumiy o‘tra ta’lim maktabini tamomlagan va bugungi kunda Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan Mirzayev Asliddin ham ishtirok etdi.

Muftiy hazratlari tomonidan fiqhiy savollarga faol javob berib, arab tilida muloqot qilganligi uchun Mirzayev Asliddin ham munosib taqdirlandi.

🕊 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⛵️ "Shaharliklar" yirik hisobda g'alaba qozondi

🇪🇺 Chempionlar ligasi 🇪🇺 | 1/4 final

🇬🇧 "Man Siti" 3:0 "Bavariya" 🇩🇪

⚽️ Gollar: Rodri 28, Silva 70, Holand 76.

🕊 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi o’yinlarda qayd etilgan natijalar.

🕊 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kompaniyalar yoshi:

Twitter: 17 yosh
Facebook: 19 yosh
Tesla: 19 yosh
Google: 24 yosh
Netflix: 25 yosh
Amazon: 28 yosh
Apple ― 46 yosh
Microsoft ― 47 yosh
Sony ― 76 yosh
HP ― 84 yosh
Samsung ― 85 yosh
Disney ― 99 yosh
IBM ― 111 yosh
Nintendo ― 133 yosh
Nokia ― 157 yosh
OpenAI ― 7 yosh

🕊 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitusiyasining 52-moddasi:

“Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi”.

🕊 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2022_2023_imtihon_savollari

Informatika 11-sinflar

1-bilet
3-misol

🕊 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2022_2023_imtihon_savollari

Informatika 11-sinflar

2-bilet
3-misol

🕊 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2022_2023_imtihon_savollari

Informatika 11-sinflar

3-bilet
3-misol

🕊 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilar bilimini baholash jarayonini raqamlashtirish va taʼlim jarayonida shaffoflikni taʼminlash toʻgʻrisida”dagi 2022 yil 24 iyundagi 205-son buyrugʻi 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Kundalik” elektron sinf jurnalini yuritish boʻyicha koʻrsatmalarning 11-12-bandlari talablariga rioya etilishi soʻralgan.

Koʻrsatmaning 11-12-bandlarida quyidagilar yozilgan:

➡️ 11-band: Jurnallar boʻlim orqali tegishli sinf tanlanib, kerakli fan orqali sinf jurnali sahifasiga kirib, dars oʻtilgan sana ustuniga darsda qatnashgan oʻquvchilarni 30% ni baholab, dars sahifasi boʻlimidagi "Dars oʻtildi" qaydiga belgi qoʻyish zarur.

➡️ Oʻquvchilar oʻz vaqtida (9.00-21.00 gacha 1 smenali maktablar uchun, joriy kundan ertasi kuni 13.00 gacha 2 smenali maktablar uchun) baholanmasligi, belgining qoʻyilmasligi oʻqituvchini dars oʻtmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq toʻlanmaydi.

➡️ 12-band: "Kundalik" elektron sinf jurnalidagi baholar onlayn va oflayn tartibda kiritiladi. Onlayn tartibda kiritilgan baholar "Oʻzgarishlar tarixi" boʻlimida kuzatib boriladi va 72 soat ichida oʻzgartirish (toʻldirish)ga ruxsat beriladi. Boshqa holatlarda tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga rasmiy xat bilan murojaat qiladi.

🕊 @fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM