Zuhriddin FOZILOV, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.
155 subscribers
1.99K photos
538 videos
156 files
1.76K links
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri.

Informatika va axborot texnologiyalari fani õqituvchisi. 2-toifa.

Tel: +99890-110-91-61

Murojaat: t.me/fozilovblog_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #ekinfo #elektron_kundalik

📹 ELEKTRON KUNDALIK 7 KUN MOBAYNIDA BEPUL

Ota-onalar sahifalarida elektron kundalikni 7 kun davomida bepul foydalanishlari uchun "7 kun mobaynida bepul ishlatib ko'ring" - deb nomlangan tugmani faollashtirishlari kerak bo'ladi.

Faollashtirildi: 16.08.2021
Amal qiladi: 23.08.2021

📌 7 kundan keyin tizim imkoniyatlaridan foydalanish pullik va Plastik karta yoki Click tizimi orqli 1 yilga uni xarid qilish mumkin bo'ladi.

📹 Plastik karta orqali xarid qilish jarayoni

🔍 @ekinfo

✍️ @fozilovblog
#bilasizmi #Elektron_kundalik

O'qituvchilar tomonidan kundalik raqamli ta'lim platformasi kudalik.com bilan ishlashda, dars mobaynida foydalaniladigan davomat ko'rsatkichlari haqida tushuncha.

Eslatma: davomat ko‘rsatkichlari.

Manba:
https://help.kundalik.com

🌐 Telegram | Facebook
#bilasizmi #Elektron_kundalik

O‘rtacha ball nima va u qanday hisoblanadi?

TIZIM AVTOMATIK TARZDA O'RTACHA BALLNI HISOBLAB O'QITUVCHIGA DOIMIY KO'RSATIB TURADI. BU ESA CHORAK YAKUNIGA KELIB FOYDALI MA'LUMOTGA AYLANADI.

Hisoblash
:

Nazorat ishi uchun «5» va «4» ko‘rsatilgan;
Darsda javob uchun «3» belgilangan.
O‘rtacha ball = (5 +4+ 3) / 3 = 4.

🌐 Telegram | Facebook
#bilasizmi #Elektron_kundalik

LOGIN VA PAROL FAQAT OTA-ONAGA MA'LUM BO'LISHI KERAK

Yuqoridagi harakatlar ota-onaning tizimga kirishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Texnik jihatdan «rivojlangan» bolalar sahifaning HTML-kodlashidagi baholarning ko‘rinishini o‘zgartirishga urinishlari va ota-onalarga noto‘g‘ri ma’lumotni ko‘rsatishga harakat qilishlari mumkin.

Bunday holatlarning oldini olish uchun o‘quvchining shaxsiy profilini (o‘quvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lum bo‘lgan login va parol) va ota-onaning shaxsiy profilini alohida ro‘yxatdan o‘tkazish tavsiya etiladi.

Manba: https://help.kundalik.com

🌐 Telegram | Facebook
#bilasizmi #Elektron_kundalik

O`QUVCHI BAHOLARNI O`ZGARTIRISHI MUMKINMI?

Bolaning elektron kundaligida xodimlar tomonidan elektron jurnalga kiritilgan baholar va belgilar ko‘rsatiladi.

Tizimda elektron ta’lim jurnaliga faqat ta’lim tashkilotining xodimlari kirishlari mumkin. O‘quvchi elektron jurnal yoki kundalikda o‘z baholarini mustaqil ravishda tuzatish uchun texnik imkoniyatlarga ega emas.

Manba: https://help.kundalik.com

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #Elektron_kundalik

📹 Tizim administratori tomonidan jurnalga baholarni qo‘yish muddatini o‘zgartirish qanday amalga oshiriladi?

Savol:
Jismoniy tarbiya fani o'qituvchisiman. Dars jarayonida ayrim sabablarga ko'ra baho qo'yishga ulgurmadim. Endi shu sinf o'quvchilariga qancha vaqt mobaynida tizimga kirib baholarni kiritishim mumkin bo'ladi?

Aslini olganda har bir ishni o'z vaqtida bo'lgani yaxshi albatta. Lekin ayrim hollarda shunday vaziyatlar ham uchrab turadi.

Siz faoliyat yuritayotgan maktabda tizim administratori tomonidan tizim sozlamalarida, Jurnalga baholarni qo‘yish yoki o‘zgartirish muddatlaridan biri oldindan belgilab olingan bo'ladi. (Video)

- chegaralanmagan
- Bir kundan keyin
- Bir haftadan keyin
- Ikki haftadan keyin
- Uch haftadan keyin
- Bir oydan keyin

❗️O'z vaqtida qo'yilmagan baholar -
fan o'qituvchisining Elektron jurnalni yuritish statistikasiga ta'sir qiladi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va doimiy kuzatib boring:

🌐 Telegram | Facebook | YouTube
#bilasizmi #Elektron_kundalik

MAVZULARNI TIG'IZLASHTIRISH TARTIBINI BILASIZMI?

Odatda ayrim choraklarda kundalik raqamli ta'lim platformasi kudalik.com'ga mavzularni tig'izlab kiritishga to'g'ri keladi. Tizimga mavzularni kiritish vaqtida / belgisidan foydalanishimiz kerak.

Namuna:

25-dars.Dastur va dasturlash haqida / 26-dars.Dasturlash tillari

❗️ Ikkita mavzu bitta satrga kiritilishi kerak.

❗️ Mavzular tig'izlashtirildi.

Microsoft Excel
'ga kiritib tayyorlangan mavzularni Import qilishdan oldin agar tig'izlashtirish talab qilinsa namunadagidek tig'izlashtirish amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va doimiy kuzatib boring:

🌐 Telegram | Facebook | YouTube
#bilasizmi #Elektron_kundalik

2021-o‘quv yilida “Kundalik” uchun yillik obuna narxi 365 kun muddatga 8600 so‘mni tashkil etadi. Mazkur summaga login va parol, shuningdek, platformaning barcha funksiyalaridan foydalanish imkoniyati ham kiradi. Boshqa hech qanday xizmatga alohida pul to‘lanmaydi.

Manba: https://t.me/kundalik_com/568


🌐 www.fozilovblog.uz

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
KUNDALIK.COM HAQIDAGI POSTLAR

Kanalda aynan
Kundalik.com haqidagi postlarni #Elektron_jurnal, #elektron_kundalik va #bilasizmi #️⃣Hashtaglari orqali izlashingiz mumkin.

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
#Elektron_jurnal #elektron_kundalik #bilasizmi #ekinfo

2-CHORAK UCHUN HISOBOT DAVRINI BILASIZMI?

🗓 10/11/2021 - 🗓 27/12/2021

📌 2-chorakdagi bayram kunlarini eslatib o'tamiz:

🗓 2021-yil 8-dekabr

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Elektron_jurnal #elektron_kundalik #bilasizmi #ekinfo

2-CHORAK UCHUN DARS JADVALINI TAYYORLASH

❗️Tizimda juda ko'p qulayliklar yaratilgan. Shulardan navbatdagisi bu 1-chorakdagi dars jadvalini 2-chorakga nusxalash jarayonidir. Ushbu video qo'llanma orqali 1-chorakda 1-"A" sinf uchun tuzilgan dars jadvalini 2-chorakga nusxalash jarayoni keltirilgan.

⁉️ Agar dars jadvaliga o'zgartirish kiritish talab qilinadigan bo'lsa, u holda avval o'sha o'zgarishlarni kiritib olishingiz kerak va undan keyin Nashr etish mumkin bo'ladi. Qolgan barcha sinflar ham shu tartibda 2-chorak uchun tayyorlanadi.

2-CHORAK UCHUN HISOBOT DAVRI:

🗓 10/11/2021 - 🗓 27/12/2021

📌 2-chorakdagi bayram kunlarini eslatib o'tamiz:

🗓 2021-yil 8-dekabr

🌐 www.fozilovblog.uz

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
#Elektron_jurnal #elektron_kundalik #bilasizmi #ekinfo

DAVOMAT

❗️Ushbu belgilar o'qituvchilar tomonidan dars jarayonida o'quvchilarning davomatini elektron tizimga kiritishda qo'llaniladigan belgilar hisoblanadi.

📱 Mobil ilova yordamida to'g'ridan-to'g'ri kerakli belgini tanlash orqali foydalaniladi.

⌨️ Tizimdan Google Chrome yordamida foydalanish jarayonida esa elektron jurnalga klaviatura orqali kiritish mumkin bo'ladi.

Manba: https://t.me/kundalik_com/591

🌐👨🏻‍💻 t.me/fozilovblog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Elektron_jurnal #elektron_kundalik #bilasizmi #ekinfo

DARS JADVALIDA 2 TA FANNING O'RNINI O'ZARO ALMASHTIRISH

Dars jadvali nashr etilganidan so'ng maktabdagi barcha fan o'qituvchilari tomonidan o'z taqvim-mavzu rejalarini kiritishlari hamda elektron jurnallarga o'quvchilarni baholashlari mumkin bo'ladi.

❗️Nashr etishdan so'ng ham "Butun davr uchun yaratilgan jadvalda" ayrim hollarda fanlarning o'rnini almashtirish talab etiladi. (Fanlar parallel bo'lib qolishi mumkin.)

Tizim 👨🏻‍💻 Administratori ushbu holatda o'qituvchilar tomonidan kiritilgan taqvim-mavzu rejalarni hamda baholarni o'chib ketmasligini oldini olishi zarur. Buning uchun tizimda qanday jarayonni amalga oshirish kerak?

Ushbu video qo'llanmada 5-"B" sinfning dars jadvalidagi Geografiya va Ona tili fanlarining o'zaro o'rnini almashtirish ko'rsatilmoqda.

🌐 www.fozilovblog.uz

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Elektron_jurnal #elektron_kundalik #bilasizmi #ekinfo

📌 Tizim administratorlari uchun qo'llanma

🗓 BAYRAM KUNLARINI KUNDALIK.COM'DA BELGILASH

Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan kundalik.com'da ham bayram kunlarini belgilab qo'yish zarur.

2-may (dushanba) – Ramazon hayiti;
3-may (seshanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
4-may (chorshanba) — qo‘shimcha dam olish kuni.

🟢 5-may (payshanba) barcha uchun ish kuni.

🌐 www.fozilovblog.uz

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Elektron_jurnal #elektron_kundalik #ekinfo 2022/2023

📹 Sinflarni yildan-yilga kõchirish
(Yangi õquv yiliga õtkazish)

Kundalik.com'da har bir õquv yili yakunida sinflarni keyingi õquv yiliga õtkazish talab etiladi. Buning uchun tizim administratori tomonidan qõllanmada kõrsatilganidek amallarni bajarish kifoya.

❗️Maktabning boshqaruvi bõlimida e'tibor bering "2021 -2022 õquv yilida qoldi õtkazilmagan yoki rivojlanmagan sinflar." degan xabar mavjud.

Qõllanmada 4-a sinfini 2022/2023 õquv yiliga kõchirish tartibi kõrsatilgan.

👉 @fozilovblog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Elektron_jurnal #elektron_kundalik #ekinfo

📹 Hisobot davrini yaratish
2022-2023 o`quv yili uchun

🗓 05/09/2022 - 🗓 03/11/2022
🗓 10/11/2022 - 🗓 27/12/2022
🗓 11/01/2023 - 🗓 20/03/2023
🗓 28/03/2023 - 🗓 25/05/2023

👨🏻‍💻 26.08.2022

👉 @fozilovblog
#onemillonuzbekcoders #ekinfo #Elektron_jurnal #Elektron_kundalik

E‘TIROF

Fozilov Zuhriddin Toxirovich

Xalq ta‘limi tizimida samarali mehnati, yosh avlodni tarbiyalashda qo‘shgan munosib hissasi hamda maktabda AKT infratuzilmasidan samarali foydalanish va o‘quvchi yoshlarda IT (Information technology) qiziqishlarini oshirishdagi munosib xizmatlari uchun Surxondaryo viloyati Xalq ta‘limi boshqarmasi tomonidan ushbu faxriy yorliq bilan taqdirlanadi.

Suluv Yangiboyevna Hamidova
Surxondaryo viloyati xalq ta‘limi boshqarmasi boshlig‘i

29-avgust 2022-yil.

Bugun mehnatlar qadr topayotgan, eʼtirof etilayotgan bir shukuhli davrda yashayapmiz. Har kuni yangilanishlar, har qadamda ulkan oʻzgarishlar. Kamtarona mehnatimizni bunday yuksak e‘tirofi uchun Surxondaryo viloyati xalq ta‘limi boshqarmasi boshlig‘i Suluv Yangiboyevnaga o‘z tashakkurimni bildiraman.

👉 @fozilovblog
#Elektron_jurnal #elektron_kundalik #bilasizmi #ekinfo

📝 DAVOMAT

📎 Ushbu belgilar o'qituvchilar tomonidan dars jarayonida o'quvchilarning davomatini elektron tizimga kiritishda qo'llaniladigan belgilar hisoblanadi.

📱 Mobil ilova yordamida to'g'ridan-to'g'ri kerakli belgini tanlash orqali foydalaniladi.

⬇️ Mobil ilova: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.teacherJournal.app

🌎 Tizimdan Google Chrome yordamida foydalanish jarayonida esa elektron jurnalga belgilashlarni klaviatura orqali kiritish mumkin bo'ladi.

Manba: https://t.me/kundalik_com/591

📱📱@fozilovblog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM